Ayollar haqida latifalar

Qiz tashlab kelayotgan yigitini orqasidan baqirib:
"Meni hech qachon unuta olmaysan!" degan ekan.
O‘sha yigit hozir bu gapni kim aytganini eslay olmabdi hatto.
Bir yigit saharlab bozorga shoshilib tursa aksiga olib uch g‘ildirakli motosikli yurmay qolibdi.
Xotini ayvonda turib ustidan kulayotganmish:
“Yana bitta g‘ildiragi bo‘lganida mashina bo‘lib qolardi-a, adasi?!”
Buvisi nabirasi bilan ko‘chada ketayotsa, o‘qituvchisi kelayotganmish.
Buvisi:
— Berkin! O‘qituvching kelyapti! Bugun darsga bormading-ku! - desa, nabirasi:
— Siz berkining! Sizni o‘lib qoldilar deganman, - debdi.
Qiz onasi bilan doktorga boribdi. Doktor qizga:
— Yechining, tekshiramiz, - desa
Qiz:
— Men emas, oyim kasal, - desa
Doktor:
— Qani opajon og‘zingizni ochib: "A-A-A" - dengchi dermish.
— Salom Barnoxon!
— Kim bu?
— Siz meni tanimaysiz. Lekin men sizni taniyman. Hozir sizga 2 ta yomon yangilik aytmoqchiman.
Bizlarni erimiz uchinchi xotinga uylanib olibdi.
— Dadasi, go‘zal ayollarni ko‘rsangiz meni unutasiz-a?!
— Aksincha xotin! O‘sha payt seni eslab chuqur xo‘rsinib qo‘yaman.
Savol: Qiz bola va ayol o‘rtasidagi farq nimada?
Javob: Qiz bola yangi iPhone xohlaydi. Ayol esa "tagiga olmaydigan" tova xohlaydi.
— Dunyoda sehrli pult paydo bo‘lib qolsa edi... Faqat bitta tugmasi bo‘lsa!
— Qanaqa pult ekan u?
— Xotinni ovozini o‘chirib qo‘yadigan.

Yigit:
— Menga turmushga chiqsang, dunyoni istalgan shaharida dam olasan?
Qiz:
— Unday bo‘lsa, roziman!
To‘ydan keyin.
Yigit:
— Mana, xohlagan joyda dam ol!
Qiz:
— Bu nima?
Yigit:
— Dunyo xaritasini rasmi tushirilgan gilam!

Xotin eridan so‘rayotganmish:
— Adasi, sochlarim chiroylimi?
— Ha, chiroyli.
— Ko‘zlarim-chi?
— Ko‘zlaring ham.
— Burnim chiroyli-a?
Er hayron bo‘lib:
— Nima, ko‘zguda ko‘rinmayapsanmi???