Ayollar haqida latifalar

— Oyi, yozda Chorvoqda dam olamizmi?
— Chorvoqda seni repititoring dam oladi, o‘g‘lim!
Yigit qizga:
— Kecha uyingizga sovchi yuborsam, aniq javob aytmabsiz?!
Qiz:
— Axir yuborgan sovchilaringiz sizni qancha maosh olishingizni aniq aytishmadi-ku!?
Shogird ustozidan so‘radi:
— Qaysi oyda ayollar kamroq gapiradi?
Ustoz javob berdi:
— Fevral oyida. Chunki bu oy 28 kundan iborat.
— Qizim, idish-tovoqlarni yuvib qo‘ygin!
— Charchadim oyijon...
— Wi-Fi ga pul to‘lashdan men ham charchadim...
— Qaysi idishlarni yuvishim kerak?
Odatda qizi bor onalar:
— Qizim 17 yoshda. Birortasi qizimni boshini aylantirmasin-da...!
— Qizim 30 yoshda. Qizim birortasini boshini aylantirsa edi...!
Qizaloq oilaviy fotoalbomni ko‘rib o‘tirib, onasidan so‘rabdi:
— Oyijon, manavi suratda yoningizda turgan kelishgan, chiroyli yigit kim?
Onasi debdi:
— Seni adang-ku qizim.
Qizaloq divanda beo‘xshov, xurpayib televizor ko‘rib yotgan adasiga qarab:
— Bu kim unda? - dermish.
— Dugonajon, nima qilyapsan?
— Mangu olov yonida turibman.
— Nima? Xotira maydonidamisan?
— Oshxonadaman!

Hurmatli ayollar!
Ko‘chaga chiqganingizda mahalladagi ayollar siz ko‘rmagan serialingiz haqida gapirib qolishsa, ulardan "ajralib" turmaslik uchun "Baribir birinchi fasli qiziqarliroq edi!" deb turavering!

Bir ayol "Erim-vatanimdir!" deb post qo‘yibdi.
Kommentariyda "Vatan - barchamizniki!" deb yozib qo‘yilgan ekan.
Dugonalar suhbatidan:
— Bilasanmi o‘rtoqjon, yigitim meni tashlab ketgandi. Keyin uni yomon duo qildim!
— Nima deb duo qilding?
— Dunyodagi eng tasqara, beo‘xshov, alvastini yoniga borgin deb duo qildim.
— Xo‘sh, nima bo‘ldi keyin?
— Ertasi kuni yigitim o‘zi yonimga qaytib keldi...