Ayollar haqida latifalar

Xotin:
— Gaplaringiz tentakni gapiga o‘xshaydi.
Er:
— Siz tushuning deb shunaqa gapiryapman.

Hammada shunaqami?
Farzandim bilan dars tayyorlashni boshlasam, "O‘zi maktabda o‘qiganmanmi?" degan fikr hayolimga kelaveradi...!
Xotin eridan so‘rabdi:
— Eng baxtli kunlaringiz qachon bo‘lgan adasi?
Er debdi:
— To‘yimiz bo‘lgan kunni eslaysanmi?... O‘sha kuni baxtli kunlarim tugagan ekan...
— Do‘stim, nega xotining qo‘shiq xirgoyi qilayotganda ko‘chaga chiqib o‘tirasan?
— Qo‘shnilar eri xotinini do‘pposlayapti-yu, xotini dod solib yig‘layapti deb o‘ylamasliklari uchun.
O‘g‘il onasiga:
— Kechasi ustimga ko‘rpani yopavermang!
Ona:
— Axir shamollab qolishing mumkin.
O‘g‘il:
— Lekin yonimdagi xotinimni usti ochilib qolyapti!
Tug‘ilgan kunida eridan sovg‘a olmagan ayol eriga diydiyo qilibdi:
"Bir haftadan beri tug‘ilgan kunimga hech narsa kerakmas deb javrayman. Baribir bugun tug‘ilgan kunim ekani yodingizdan chiqib qoldi! - degan ekan.
Yigit sevgan qiziga debdi:
— Menga turmushga chiqish taklifini bergandim. Anchadan beri javob bermayapsan?!
Qiz debdi:
— O‘shandan beri qancha oylik maosh olishingizni bilolmayapman...!
Er xotiniga:
— Nega kotletlarni hajmi har xil?
Xotini:
— O‘zingiz bir-biriga o‘xshamagan taom pishirgin degandingiz-ku!
Qaynonaning xasrati:
Uyga Wi-Fi o‘rnatganimizdan buyon kelinim ovqatlarni tayyorlashni internetdan bemalol ko‘rib olyapti.Faqat endi pishirishga vaqti bo‘lmayapti. Qo‘shni ayollar "Wi-Fi ni o‘chirib qo‘ying" deyishyapti. Tushunolmadim...?!
Ertalabdan bog‘chaga ketayotgan bolakay hasrati:
"Oyijon, hamma institutlar, maktablar karantin deb yopildi, nega bog‘chalar ochiq?"