Ayollar haqida latifalar

Noutbukimni unutib, gilam ustida qoldiribman.
Qaynonam uni tarozi deb o‘ylab ustiga chiqib olsa bo‘ladimi!?
Xotin eriga:
— Qo‘shnimiz har kuni ishga ketayotib, xotinini yuzidan o‘pib ketadi. Nega siz hecham unaqa qilmaysiz? - desa, er hayron bo‘lib xotiniga:
— Qanaqasiga o‘pib ketaman axir?! U birovni xotini bo‘lsa...!
Xotin erini mashinasini haydab ko‘rmoqchi bo‘lib o‘tiribdi. Qarasa oyoq tagidagi tepki 2 ta ekan.
— Men bu mashinani hayday olmayman. Avtomaktabdagi mashinalarda 3 ta tepki bor edi-ku, - debdi xotini asabiylashib.
Eri unga:
— Menda avtomat! - desa, xotini battar asabiylashib:
— Meni qo‘rqitmang!!! - debdi.
Yangi yilni nishonlab tongga yaqin bir ahvolda uyga kirib kelgan erni xotini kutib olibdi.
— Yuzimga qarashga endi qanday chidaysiz? – debdi xotini.
Er bo‘lsa unga:
— Hechqisi yo‘q onasi, shuncha yil chidab kelyapman, bu yog‘i ham qarayveraman, - dermish.
Xotinim mendan xafa bo‘lsa, gaplashmay qo‘yadi. 2 kundan keyin o‘zi birinchi bo‘lib gapirishni boshlaydi. Bilasizmi nimaga? Chunki o‘tgan 2 kun meni tinch yurganimga chiday olmay gapirvaradi.

"Tilla ovi" ko‘rsatuvida sobiq sevgan qizlarini birma-bir ismini sanab bergan va yutuqni qo‘lga kiritgan mashhur aktyorni xotini bir kun arazlabdi. Lekin onasini uyiga ketib qolmabdi.

Er xotiniga debdi:
— Endi sen bilan hech qachon janjallashmaslikka qaror qildim.
Xotin bo‘lsa jig‘ibiyron bo‘lib:
— Nima? Qaror qilganmush! Oldin mendan bir og‘iz so‘radingizmi?
Vrach qabuliga kelgan bemordan so‘rabdi:
— Yoshingiz nechida?
— 50 ga kirdim.
— Farzandlardan nechta?
— 3 ta.
— Hammasini to‘yini ko‘rganmisiz?
— Ha, doktor! Lekin savol-javobingizdan qo‘rqib ketyapman. Kasalim jiddiymi?
Oshpazlik kursida tahsil olayotgan qizidan onasi so‘rabdi:
— O‘zing tayyorlagan taomdan tatib ko‘rishga ruxsat berishadimi?
Qizi ko‘ziga yosh olib:
— Majbur qilishadi, - debdi.
Aqlli erkak xotini oldida hamkasb ayollarga tez-tez qo‘ng‘iroq qilib ish yuzasidan gaplashib turadi.
Bu esa xotinini eriga bo‘lgan ishonchini oshirdi va "yashirin" qo‘ng‘iroqlarga imkoniyat yaratib berishga xizmat qiladi.