Ayollar haqida latifalar
— Menga xiyonat qilganmisiz?
— Bu nima deganing?! Albatta yo‘q! - debdi eri. Shunda xotini:
— To‘g‘risini aytavering, xiyonat qilganmisiz? Baribir umrim tugayapti, - desa, eri:
— Mabodo o‘lmay qolsang-chi!? - dermish.
— Ko‘ylak sotib olgani borgandim, sig‘madi.
— Xafa bo‘lganimdan tort sotib oldim...
— Sig‘ib ketdi, tushmagur!!!
— Sanga uylanaman, desa
— Onamdan so‘rang, nima desalar, shu. Oloy bozoriga borsangiz, o‘sha yerda tilanchilik qiladilar, debdi.
Bola borib, qizni onasiga:
— Qizingizga uylanmoqchiman, desa
Onasi:
— Faqat bitta shartim bor, debdi. O‘rnimda 3 kun tilanchilik qilasan.
Bola rozi bo‘libdi. Oradan 3 kun, 5 kun, hatto 10 kun o‘tsa hamki bola qiznikiga bormabdi.
Oxiri qizning onasi kelib:
— Sinovimdan o‘tding. Qizim saniki, desa
Bola:
— Qizingam, sanam kerak emassan. Yo‘qollaring! Joyni hech kimga bermayman, debdi.
— Bor, xotiningdan xabar olchi, - debdi qaynona o‘g‘liga.
O‘g‘li og‘ilxonadan qaytib kelib, qotib kular emish. Onasi o‘g‘lidan, - nima bo‘ldi?, - deb so‘rasa, o‘g‘li:
— Keliningiz sigirni sog‘ib, "unisini ham sog‘ib olay" deb buqaning ortidan quvlab yuribdi, - dermish.
— Esizdami tunov kuni tomimizni tuzatgan kishi, o‘shani mashina bosib ketibdi, desa
Eri:
— Endi tomda ham yurib bo‘lmaydigan bo‘libdida
— Kecha erim ishdan keldi-yu, ovqat haligacha tayyorlamasligini ko‘rdiyu, idishlarni, oynalarni sindirib, sen bilan yashagandan ko‘ra suyuqoyoq bilan yashaganim yaxshi deb, ketib qoldi.
— Mabodo erim senikida emasmi?
— Teshavoy, sen uyga kirish haqida o‘ylayapsanmi?
— O‘ylayapman, oyijon.
— Xo‘sh?
— Oyi, yana ozgina o‘ylab olay...
Er o‘ylab ham o‘tirmay, dadil javob qaytardi:
— Va’dalarim esimda: osmondagi yulduzlarni olib beraman, Oyni hatto Quyoshni ham olib kaftingga tutqazaman, deganman. Lekin har yili yangi palto olib beraman, demaganman.
— Menga qarang Tannozxon, qachondan beri erkaklarni trusigini kiyayapsiz?, - desa.
Haligi ayol:
— Erim shu trusikni krovatimiz tagidan topib olgandan beri, - dermish.