Ayollar haqida latifalar
— Dadasi, esingizdami turmush qurmasimizdan ilgari har bir uchrashuvimiz romantika edi. Kechalari tashqariga chaqirardiz, man uydagilardan bekinib oldizga chiqardim. Qanday mazza edi...
Xuddi shunday uchrashuvga taklif kiling! - desa,
Eri:
— Xo‘p Azizam, bugun kechqurun soat 22:00da bolalarni uxlatib, oshxonaga chiq choy ichamiz! - dermish.
— Oylik oldingizmi? Bermaysizmi? - desa, eri:
— Bugunmas! Bugun charchadim, - dermish.
— Aytingchi, eringiz bilan nega ajrashmoqchisiz?
— U meni haqorat doim qiladi. Xotinim demay uradi, ...
Zalda g‘ala-g‘ovur ko‘tarilibdi:
— Bizni haqorat qilmayapti-ku, bizni urmayapti-ku, ...
— Xo‘jayin, ovqatim shirin chiqdimi?
— Haaa, rosa..., xuddi molni tezagiday shirin ekan, - desa.
Xotiniga ham alam qilib:
— Qoyil-ye dadasi, tatib ko‘rmagan narsangiz yo‘g‘-a.
— Tezroq keling, uyda hech kim yo‘q, - debdi.
Yigit uyga kelsa, haqiqatdan ham uyda hech kim, mutlaqo hech kim yo‘q ekan...
— Yaxshi qiz bu sizga lezginkamas, nega buncha tez o‘ynavossiz, deb so‘rasa
Qiz:
— Mani vaqtim kam, tez o‘ynab ketishim kerak, — dermish..
— Bolam nega ko‘rsatgan qizlarimni birortasini ham xohlamayapsan, desa,
O‘g‘il:
— Ona ularning hammasi g‘irt, debdi.
— Voy u nima degani, desa,
O‘g‘il:
— Nima deyishni bilmay, ishyoqmas, dangasa, uyquchi, deb tushuntiribdi.
Ona shunda:
— Voy 3 opang ham g‘irt edi, bib binoyi yashab ketdi, qolaversa manam rosa uchiga chiqqan g‘irt bo‘lganman. Adang sezmagan ham, dermish.
— Yana ichasmi-a? Yana ichasmi?
— Yo‘q. Xotin yana so‘radi:
— Ichasmi?
— Yo‘q.
— Ohirgi martta so‘rayapman, yana ichasmi?
— E, xoti—i—in, qo‘ymading qo‘ymading-da, xo‘p quy, dermish.
— Nahotki, menga mo‘ynali palto olib berishga og‘rinsangiz? Ko‘cha sovuq axir, o‘lib-netib qolsam, ko‘mish uchun po‘stinga qaraganda bir necha barobar ko‘p pul ketadi-ku?
— E-e, ko‘mish bir marta bo‘ladi, xotin!