Ayollar haqida latifalar

Afandi xotini bilan koreys serialini ko‘rib o‘tirib:
— Xotin seni bugundan boshlab koreyscha ism bilan chaqiraman, - debdi.
Shunda afandining xotini:
— Boy, dadasi menga qanaqa koreyscha ism qo‘ydingiz?
Afandi:
— Cenga Num-Yam degan ism qo‘ydim xotin, - debdi.
Xotini:
— Dadasi chiroyli ism tanlabsiz menga. Ma’nosi nima? - desa.
— Teskari o‘qib ko‘r, - dermish.
O‘g‘li 18 ga to‘lgan ota, yengil nafas olib o‘g‘liga dedi:
— Oyinga borib ayt, 18 ga kirding, endi aliment to‘lamayman! Qay axvolga tusharkan, menga keyin aytasan.
O‘g‘li hamma gapni oyisiga aytibdi. Oyisi:
— Otangga borib ayt, 18 yil birovni bolasi uchun pul to‘ladi, qay ahvolga tushishini aytarsan, - dermish
— Azizam, bizning o‘g‘limiz judayam iste’dodli ekan! Bugun stolni ustiga pashshani rasmini chizgan edi, uni o‘ldiraman deb qo‘llarim rosa og‘rib ketdi!
— Bu hali xolva, kecha hammomda u chizgan ilonni ko‘rib, u chizgan eshikka qochganimni etmaysanmi?
Er-xotin va mehmonga kelgan qaynona tushlik qilib o‘tirishibdi. Ovqatini yeb bo‘lgan qaynona o‘rnidan turishi bilan, u o‘tirgan joyga devordagi katta soat to‘satdan sharaqlab tushibdi.
Shunda eri:
— La’nati soat. Doim kechikib yuradi-ya.
Nonushta payti eri xotiniga:
— Kecha futbolni kutmay uxlab qolibman. Internetdan natijasini bilib olishim kerak, - desa, xotini:
— Biznikilar 2:1 ga yutqazishdi, - debdi.
Eri:
— Nima sen futbol ko‘rdingmi?
Xotini:
— Yo‘q. Qo‘shnimiz tunda bir martta "Gol" va ikki martta "Padaringga la’nat" deb baqirganini eshitdim.
Ishdan xursand bo‘lib qaytgan eridan xotini so‘rabdi:
— Nega bugun xursandsiz?
— Meni ishdan bo‘shatishdi, - debdi er.
— Axir buni nimasiga xursand bo‘lyapsiz?
— Qolganlarni qamashdi-da xotin..., - dermish eri.
— Adasi, hanuzgacha menga biror martta gul sotib olmagansiz...!
— Hali tiriksan-ku, xotin...!
— Adasi, nonni narxi oshibdi.
— E, mayli, bir gap bo‘lar!
O‘zbeklar hamma muammolarni shu gap bilan yengib ketadi...
Bir xotin dugonasiga hasrat qilibdi:
— Erim endi aroq ichmayman deb qasam ichganidan buyon, muzlatgichga solib muzlatib yeyabdi.
Er xotiniga dedi:
— Arzanda o‘g‘ling yana hamyonimdan pullarimni o‘maribdi!
— Nega endi u bo‘larkan? Balki men olgandirman ...
— Yo‘q, sen emas! Hamyonimda pullarimni yarmi qolib ketibdi.