Mehmon-mezbon haqida latifalar

Afandining mahallasidagi xasis bir boy qachon mehmon kelsa, bir patnusda suvi qochgan patirni olib chiqib qo‘yar, uni hech kim sindirolmaganidan yana butunicha olib kirib ketar edi. Bir mehmondorchilikdan keyin xizmatkor boyagi patirni ichkariga qaytarib olib ketayotganda, ostonaga qoqilib yiqildi-yu, patirni sindirib qo‘ydi. Boy «oh» deb, o‘zini tashlab hushidan keta yozdi. Afandi darrov o‘rnidan turib, patirning siniqlarini terdi, ularni boyga uzatib tasalli berdi:
— O‘zingizni bosing, boy buva, buning iloji oson: ko‘chaning boshida qadoqchi o‘tiribdi, yugurib chiqsangiz, sakkizta qadoq bilan patiringizni butunlab beradi.
— Sen birinchi uzat!
— Yo‘q, sen uzat!
— Birinchi uzat!
— Uzat!
— Bunaqada oshni tarqatib bo‘lmaymiz. uzat, kutib qolishdi mehmonlar.
Afandining uyiga kelgan mehmon uch kunda ham ketmasmish. Ertalab afandi mushugini urishayotganmish: "Ket! uch kunlik mehmonga o‘xshab o‘tiraverasanmi?!"
Bir ayolni uyiga dugonasi mehmonga kelibdi.
Haliga ayol kichkina o‘g‘liga:
— Bolam, xolajoningni o‘pib qo‘ymaysanmi? – desa, bolakay:
— Yo‘q, - debdi.
— Nega o‘g‘lim? – deb so‘rabdi onasi.
Bolakay:
— Hozir adam o‘pib qo‘ygan edilar, xoladan shapaloq yeb oldilar, - dermish.
Bojalar suhbati:
— Boja, sizga bitta yaxshi, bitta yomon xabarim bor. Qaysi biridan boshlay?
— Yaxshisidan.
— Meni tabriklang! Qaynonamiz o‘n kun biznikida turib, vanihoyat bugun ketyapti...
— Zo‘r-ku! Yomoni-chi?
— Endi o‘n kun sizlarnikida turib, keyin uyiga qaytmoqchi.
Qahraton qishda afandining uyiga mehmon kelibdi. Afandi issiq sandalda dutor chalib o‘tirgan ekan. Duoi fotihadan so‘ng mehmon so‘radi:
— Yangamiz ko‘rinmaydilar?
— Tashqarida o‘tin yoryapti.
— Siz issiq uyda dutor chalib o‘tirsangiz, ayolingiz sovuqda o‘tin yorsa, shuyam insofdanmi?, - debdi mehmon.
— Yangangiz dutor chalishni bilmasa, nima qilay?
Eri ishidan ertaroq qaytib kelib, xotiniga debdi:
— Xotin, bolalarni kiyintir. Bugun hayvonot bog‘iga boramiz!
Xotini ajablanib:
— Nega? Dab-durustdan boramiz deyapsiz? – desa, eri jahli chiqib:
— O‘zing nyecha kundan beri qarindoshlarimni sog‘indim, ko‘rgani borib-kelaylik deb holi-jonimga qo‘ymayapsan-ku! – debdi.

Bugun ertalab xotinim:
— Dadasi, bugun oyim mehmonga kelar ekanlar, - dedi.
Men o‘zimni iloji boricha xotirjam tutib:
— Onajonimiz necha yoshda edilar? - desam, xotinim:
— 58 yoshdalar, - dedi.
Men yanada bosiqlik bilan:
— Eshitmayapsanmi xabarlarni? Koronavirus 50 yoshdan oshganlarda ko‘p uchraydi.
Mehmondorchiliklar ham vaqtincha to‘xtatilib turilishini-chi, eshitdingmi o‘zi!?
Onangga ayt, men ular haqida qayg‘uryapman, - dedim-da ancha yengil tortdim.
Bu so‘zni 16 yildan buyon shunaqayam aytgim kelardiki...

Mezbon:
— Taomingizga qo‘ziqorindan ham solaymi?
Mehmon:
— Yo‘q, rahmat. Men faqat o‘zim tergan qo‘ziqorinlarni yeyman.
Mezbon:
— Xohlasangiz, polga sochib beraman terib chiqasiz.
Bir xonadondagi bo‘layotgan ziyofatda mehmonlar zerikib, siqilib ketishipti. Bir burchakda esnab o‘tirgan
ayolni ko‘rib, mehmon undan so‘rapti:
— Zerikdingizmi?
— Juda ham.
— Bo‘lmasa sekin turib ketaveraylik...
— Koshki edi, lekin afsuski, ilojim yo‘q.
— Nega?
— Men shu uyning bekasiman.