Ofisiant haqida latifalar

4 ta boyvachcha do‘stlar har kuni bitta restoranda bitta stolda ovqatlanar ekan. Har safar bitta ofitsiant xizmat qilarkan.
Ular har safar vilka, pichoqni berkitib qahvani to‘kib yuborib, ofitsiantning ustidan kulisharkan.
Bir kuni ofitsiantni chaqirib:
— Bizni kechir, senga ko‘p behurmatlik qildik. Sen bu qiliqlarimizga parvo ham qilmay xizmat qilding, -deyishibdi.
Ofitsiant:
— Bo‘pti, endi men ham qahvaga tupurmayman, idishlarni unitazda chayqamayman, - debdi.
Bir yigit restoranga kirib ofitsiantga 10 ming beribdi.
Ofitsiant:
— Stol band qilib qo‘yaymi?
Yigit
— Yo‘q, hozir qizcham bilan kelaman, bizda hamma joy band desangiz bas.
— Kecha kayfing oshib qoldi, o‘rtoq...
— Ha, nimalar deb baqirdim o‘zi? Eslay olmayapman!
— "Tashqariga chiqmoqchiman, menga eshikni olib keling!" deb ofitsiantga rossa o‘dag‘aylading...
Toshkentdan Qashqadaryoga tekshiruvchi boribdi. Tekshiruvchini bugun bu choyxonada, ertaga u choyxonada. Xullas, bir hafta mehmon qilishibdi.
Yana choyxonaga olib kirishganda ofitsiant kelib:
— Nima buyurasilar? - deb so‘rabdi. Go‘sht yeyishdan charchagan tekshiruvchi:
— Uka, go‘shtsiz ovqatlardan nima bor? - deb so‘rabdi.
Ofitsiant uylanib turib:
— Tabaka bor aka! - degan ekan.
Qimmat restoranga kirgan xo‘randa yoniga ofitsiant kelib so‘rabdi:
— Nima buyurtma berasiz?
Xo‘randa ofitsiant uzatgan menyuni sekin yopib:
— Siz menga nima tavsiya qilasiz? - desa, ofitsiant past ovozda pichirlab:
— Fursat borida bu yerdan qochib qolishni tavsiya qilaman, - degan ekan.
Vokzal oshxonasida ovqatlanayotgan bir xo‘randa:
— Ofitsiant, meni ovqatimni nega buncha kam suzdingiz?
Ofitsiant:
— Poyezdingizdan kechga qolmang dedik-da...
Xo‘randa ofitsiantga qarab debdi:
— Nega hamma ovqatlar aroq hidi kelyapti?
Ofitsiant bir qadam orqaga surilib:
— Endi-chi? Kelmayaptimi? - dermish.
Restoranda ofitsiantga mijoz:
— Dollar olaverasizlarmi?
— Ha.
— Plastik karta bilan ham hisoblashsak bo‘ladimi?
— Ha.
— Shisha Butыlka bilan-chi?
Talaba restoranga kirib ofitsiantga:
— Bitta bulka non va bir stakan suv, - debdi.
Ofitsiant kulib:
— Shunchalik pastga urasanmi o‘zingni. Hayotga bir marta kelasan, mazza qilib, to‘yib maishat qimaysanmi, - desa
Talaba:
— Ha, to‘g‘ri aytasiz. Maishat bo‘lsa maishatda. Unda manga uchta bulka non va bir chelak suv olib keling, - dermish
Restorandan chiqayotganda nega ofitsiant ayolning belidan quchoqlab oldingiz? Kap-katta, oilali odamga uyat emasmi?
— Qiziqmisan, xotin? Axir men uning ko‘ylagiga qo‘limni artdim halos.