Oila haqida latifalar
— Menga qara, nega sen "Bola tarbiyasi" to‘g‘risidagi kitobni o‘qiyapsan?
O‘g‘ilning javobi:
— Meni tarbiyalashda haddilaringdan oshmayapsizlarmi yo‘qmi, shuni nazorat qilmoqchiman.
— Bilasanmi do‘stim, qaysi qizni uyga olib kelib onamga ko‘rsatsam, yoqmayapti, hech uylana olmayapman, nima qilsam ekan?
— Buni ilojisi bor, onangga o‘xshaydiganini top, vassalom!
— Onamga o‘xshaganini topgan edim, dadam haydab yubordilar!
— Halima, Halimaa, Haaliimaa!
Derazadan Halima qarab:
— Namuncha baqirasiz?
Eshmat:
— Tug‘dingmi?
Halima:
— Ha, egiz!
Eshmat:
— Kimga o‘xshaydi?
Halima:
— Bir-biriga o‘xshaydi!
Bola:
— Dada alkash nima degani?
Ota:
— Alkash u anavi 2ta daraxtni ko‘rayapsanmi, o‘sha daraxtlarni 4ta ko‘radi, tushundingmi?
Bola:
— Dada u yerda bitta daraxt-ku, - dermish.
— Men nikoh uzugimni yo‘qotib qo‘ydim.
— Qanaqasiga? Qanday qilib uni yo‘qotish mumkin?
— O‘zing aybdorsan! Men senga bir yildan beri cho‘ntagim teshilib qolibdi deyman. Sen e’tibor qilmaysan!
— Nima balo, tushingizda ilon ko‘rdingizmi?
— Yo‘q, onangni ko‘ribman.
Xotini:
— Voy, jonim nima qivossiz? ZAGS qog‘oziga buncha termulib qoldiz, - desa.
Eri xotiniga qarab:
— Amal qilish muddatini qidirayaman, - dermish.
— Azizim, men homiladorman!
Kun. Soat 10:30:
— Ismini nima qoʻyamiz?
Peshin. Soat 13:30:
— Qaysi institutga oʻqishga kiradi, adasi?
— O‘g‘lim qarachi dadang kelyaptimi?
— Ha, kelyaptilar.
— Dadang yo‘lni qaysi chetida kelyaptilar?
— Ikkala chetida ham onajon!
— ... yana ichibdi...!
Er:
— Tanishib qo‘y, bu maymun junglidan kelib qolgan.
Xotini kulib:
— Voy, qanaqasiga maymun bo‘ladi, bu oddiy mushuk-ku.
— Sen aralashma, men mushuk bilan gaplashyapman.