Oila haqida latifalar

O‘g‘il otasidan so‘rayapti:
— Dada, qadimda erkaklar turmush o‘rtog‘ini to‘ydan keyingina tanishgan ekan-a?
— Hozir ham shunday, to‘ydan keyin kimligini bilasan ularning...
Bir erkak har doim xizmat safaridan qaytishda xotiniga qo‘ng‘iroq qilib:
— Azizam, men bir soatda boraman, - deb qo‘yarkan.
Bir safar eri qo‘ng‘iroq qilmasdan, to‘ppa-to‘g‘ri uyga kelaveribdi. Eshikni ochib kirsa, xotini jazmani bilan o‘tirgan emish.
Sekin oyoq uchida ko‘chaga chiqibdi-da, qo‘ng‘iroq qilib:
— Azizam men yetib keldim, hozir uyga kiraman, - debdi. Kirsa, uyda xotinidan boshqa hech kim yo‘q! Shunda haligi erkak chuqur ho‘rsinib:
— Ikki "sent"ni tejayman deb, oilam buzilib ketay dedi-ya, - degan ekan.
Er-xotin xiyobonda aylanib yurishgan ekan. Er har zamonda — Eshitaman, azizam, - deb ketarmush.
Xotinini jahli chiqib:
— Agar yana bir martta qarg‘ani "qag‘illashiga", — "Eshitaman, azizam" desangiz, mendan yaxshilik kutmang debdi.
Ayolning eri yana ichib kelibdi. Xotini doimidek janjal ko‘taribdi.
— Nima, yana ichib keldizmi? Biror marta mana shu aroq o‘lgurni ichmay kelasizmi? Nimaga ichaverasiz shu yer yutkurni?
— Nima qilay, aroq suyuq, ichiladi. Agar qattiq bo‘lganda, g‘ajirdim...
Sizningcha, oilada tinchlik-hotirjamlik hukm surishi uchun nimalar bo‘lishi kerak?
— Eng avvalo, sabr-toqat, mehr-muhabbat, bir-birini tushunish va albatta, uyda kamida ikkita televizor bo‘lishi kerak.
Xotini eriga:
— Azizim, magazinga borib keling!
— Sevgilim, hozir ko‘cha shunchalik sovuqki, hatto itni ko‘chaga haydasang chiqmaydi.
— Vooy-bo‘o‘, unday bo‘lsa, itsiz boraqoling!
Sotvoldi aka o‘t o‘chiruvchi edi. Bir kun ishdan kech qaytib kelib, yotoqxonaga sekin kiribdi. Ust kiyimini yechgach, chiroqni yoqaman desa:
— Iiii, chiroqni yoqmang, - deya sarosimaga tushibdi xotini. — Boshim og‘rib ketiyapti-ya, dorixonaga tushib, dori olib chiqmaysizmi?
Eri shoshib, kiyinibdi-da, dorixonaga tushib:
— Uka, menga bosh og‘riq dori ber, - desa.
Sotuvchi yigit:
— Iya, Sotvoldi aka, pajarkadan melisaga o‘tkazishdimi, - dermish.
Xotinini ustidan kulishni yoqtiradigan er do‘kon kassasi yoniga kelgach, qo‘lidagi 10 kg qo‘y yog‘i va go‘shtni ko‘rsatib xotiniga debdi:
— Bo‘ldi, bas qil! Iltimoslaringni bajardim. Mana yolvorib so‘ragan narsalaring! Shuncha olganim yetar axir...!
To‘ydan 3 kun o‘tib kuyov kelinga:
— Azizam sizga "SAN" deb muomala qilsam qarshimasmisiz?
Kelin:
— O‘zing bilasan!
— Dada, ilonlar ham gapiradimi?
Dadasi sekin qaynonasiga o‘girilib qarab:
— Nabirangiz sizga savol beryapti?, - dermish.