Oila haqida latifalar
— Voy uka, men bu yerda onamni ko‘rib yuribman, - debdi.
Ukasi bo‘lsa:
— Men onamni oldidaman. Meni ham ko‘ryapsizmi?!, - dermish.
— Azizim, to‘yimizdan avval menga e’tiborli edingiz. Sovg‘alar olib berar edingiz, restoranlarga olib borar edingiz...
Endi bo‘lsa, na kino yo‘q, na ko‘chaga chiqmayman, sovg‘alardan umuman nom-nishon yo‘q!
Kuyov bo‘lsa:
— Qiziqmisan!? Qaysi baliqchi qarmog‘iga ilingan baliqni chuvalchang bilan boqib yurganini ko‘rgansan? – degan ekan.
— Oyi, sizga muhim gapim bor. Men erga tegayapman.
— Uyatsiz jonimga tegib ketding. Axir 5 marta erga tegib ajrashding, endi ji-i-i-i-m o‘tir tushindingmi?!
— Oyiijooon, xo‘p deya qoling, tegaman-u, tezda qaytaman. Maylimi oyiiii?
— Akang tuxum qovuribdi.
— Nima, akam tovani topolmabdilarmi?
— To‘ydan keyin labingga uchuq toshib ketibdimi? Nimadan bunchalik qo‘rqib ketding...?
— E-ey, to‘yxonada qaynonam uchta bo‘lib qolganini ko‘rdim.
— Ular qaynonangni opa-singillari edi-ku...
— Dada pul nima?
Dadasi:
— Pul bu konyak,chiroyli ayollar, mashina, xullas o‘g‘lim maishat, - debdi.
Shunda o‘g‘li:
— Dada agar pulingiz bo‘lmasa-chi? - desa, dadasi o‘g‘liga:
— Eh o‘g‘lim... Agar puling bo‘lmasa oddiy ko‘k choy, avtobus va onang-da, - dermish.
Ayniqsa, xotinimga...
Ertasiga qaynona o‘rtancha kuyovini ham huddi shunday sinabdi. O‘rtancha kuyovi tongda tashqariga chiqsa, darvozasi oldida yangi Matiz mashinasi, uni ustida "Sevimli kuyovimga qaynonasidan" degan yozuv turgan emish.
uchinchi kuni qaynona kenja kuyovini sinash uchun o‘zini suvga tashlabdi. Kenja kuyov ichida o‘ylabdi:
— Katta bojamga Neksiya, ikkinchi bojamga matiz tegdi. Menga eski Tiko yoki shalog‘i chiqqan Jiguli tegsa kerak, - debdi-da, qaynonasini qutqarmabdi.
Ertasi kuni ertalab ko‘chaga chiqsa, darvozasi oldida yangi Kaptiva turgan emish. Ustida "Sevimli kuyovimga qaynotasidan" degan yozuv turganmish.
Xudo ko‘rsatmasin, xotinim bilan ajrashadigan bo‘lsam...
Ichmaydigan, chekmaydigan, oliyjanob, haddan ziyod tartibli, juda kelishgan, badavlat, quvnoq, farosatli, aqilli, ...
Lekin shuncha ijobiy xislatlari bo‘la turib, hanuzgacha bo‘ydoq yurgan yigitni hech kim ko‘rmagan...!