Oila haqida latifalar

Gul do‘koniga bir erkak kirib sotuvchiga debdi:
— Menga eng chiroyli guldastangizdan bersangiz... Xotinimga!
Sotuvchi:
— Juda ajoyib! Xotiningizni tug‘ilgan kunimi?
Erkak:
— Yo‘q, uchrashadigan kunimiz.
Sotuvchi:
— Tanishgan kuningizmi?
Erkak:
— Yo‘q. Men bir oydan beri uyga kelmayapman. Bugun uyga boraman, uchrashamiz.
— Xotinimni tug‘ilgan kuniga nima sovg‘a olishni bilmayapman...
— O‘zidan so‘rab qo‘ya qolmaysanmi?
— Yo‘g‘-ye, unaqa ko‘p pulni qayerdan olaman?!
Bir erkak oyoqda tura olmaydigan ahvolda mast bo‘lib o‘yga kelibdi.
“Jahl otiga mingan” xotini endi baqiraman desa, eri qo‘lini labiga qo‘yib:
— Tsh-sh-sh, jim! Men bir narsa topdim, - debdi.
— Nima? – debdi xotini.
— Sabr qil. Ertalab aytaman, - deb uxlab qolibdi eri.
Tong otishini sabrsizlik bilan kutgan xotin, eri uyg‘onishi bilan so‘rabdi:
— Ho‘sh, topgan narsangizni ayting endi!
Eri:
— Aytsam ishonmaysan... Yangi mayxona topdim, - dermish.
Anchagina semirib ketgan qiz uydagilardan unga ozishga yordam berishlarini so‘rabdi.
Ertasi kuni uyg‘onib muzlatgichni yoniga kelib qarasa, oq qog‘ozga quyidagi so‘zlar yozib qo‘yilgan ekan:
“Semiz qiz – oilamiz uchun sharmandalik!”
Ona bolasini koyib beribdi:
— Agar shunday to‘palonchi bo‘laversang, seni yaxshi bolaga almashtirib kelaman.
Bola bo‘lsa onasiga debdi:
— Aldamang! Qaysi ahmoq to‘palonchi bolani yaxshisiga almashtirishga rozi bo‘lar ekan?
Xotini eriga qarab debdi:
— Kechirasiz dadasi, sizni bilmay “sensirab” yuboribman.
Eri:
— Xijolat bo‘lma xotin. Men ham seni bir martta “sizlab” olaman, oramiz ochiq bo‘ladi, — degan ekan.
Choyxonada o‘tirgan ulfatlardan bittasi debdi:
— Kim xotinidan qo‘rqsa, o‘rnidan tursin! Hamma o‘rnidan turibdi-yu, bir odam o‘tirganmish.
Shunda sheriklari:
— Sen xotiningdan qo‘rkmaysanmi? – desa, u:
— Xotinimni eshitib, oyog‘im ishlamay qoldi, - degan ekan.
Baklashkaga benzin quyayotgan erini ko‘rgan xotini undan so‘rabdi:
— Nima qilasiz buni?
— Mashinaga quyaman. Nima edi?
— Ha, mayli. Faqat hech kimga sepib yurmang-a... Juda tez yonadi!
Ijtimoiy tarmoqlarda juda ko‘p o‘tirgan ota farzandli bo‘libdi. Farzandi ulg‘aygach, otasidan so‘rabdi:
— Ada, meni ismimni kim qo‘ygan?
— Tvitter, telegram, instagramm, ...
— Kim u qarindoshlarimizmi? Nega ular uyimizga kelishmaydi?
Bolakayning otasi so‘radi:
— O‘g‘lim, bog‘chada urishib turasizlarmi?
O‘g‘li:
— Ha, urishamiz!
— Kim yutadi?
— Bog‘cha opamiz.