Oila haqida latifalar

Afandi yashaydigan qishloqda oʻzidan boshqa savodli odam boʻlmagan ekan.
Bir kishi afandini yoniga kelib:
— Menga maktub yozib bersangiz, narigi qishloqda yashaydigan qarindoshimga yubormoqchi edim, - debdi.
Afandi:
— Ilojim yoʻq. Oyoqlarim ogʻriyapti, - debdi.
— Xatni qoʻl bilan yozasiz-ku, oyoqlaringizni nima aloqasi bor? – debdi haligi kishi hayron boʻlib.
— Meni xatimni oʻqish uchun albatta oʻzimni chaqirishlariga toʻgʻri keladi. Men esa bora olmayman, - degan ekan afandi.
Xotin eriga debdi:
— Afrikada bir qabila bor ekan. U yerda erlar xotinini sotib yuborarmish. Agar biz o‘sha qabilada yashaganimizda, siz meni sotib yuborarmidingiz?
Eri debdi:
— Sotib o‘tirmasdim. Sovg‘a qilib yuborgan bo‘lardim.
Bir kuni yosh kelin o‘zini xonasida dam olib yotgan ekan. Qaynonasining jahli chiqib, hovlida uxlab yotgan mushukni yoniga kelib “Uxlab yotaverasanmi?!” deb ura boshlabdi.
Bir payt shovqindan kelini uyg‘onib chiqib, hovlida yurgan itni bir tepibdi.
Qaynonasi:
— Nega bechora itni tepasiz? – desa, kelin:
— Yo o‘zi uxlamaydi vovullab, yo boshqalarni uxlatmaydi, - dermush.
Bir ayolning eri har kuni mast bo‘lib uyiga kelar ekan.
Nihoyat xotinini sabri tugab eriga debdi:
— Dadasi, agar ertaga ichishni tashlasangiz, boqib turgan qo‘chqorimizni oyog‘ingiz ostiga so‘yaman, - debdi.
Ertasi kuni eri har kungidan battar ichib, mast bo‘lib kelibdi va to‘g‘ri qo‘yxonaga borib, qo‘chkorga qarab debdi:
— Qo‘rqma! Sen so‘yilmaydigan bo‘lding! Toki men tirik ekanman, hali ko‘p yashaysan!
Er-xotin uyiga yangi lyustra sotib olibdi.
Eri tepaga chiqib, lyustrani o‘rnatayotib xotinidan so‘rabdi:
— Chiroqni o‘chirdingmi ishqilib?!
— Ha, - debdi xotini.
Bir payt xotinini qitmirligi tutib, eri bilan hazillashgisi kelib qolibdi. Sekin erini tovonini tirnoqlari bilan qitiqlasa, eri:
— Voy dod! – deb pastga sakrab tushibdi.
Xotini:
— Ha, nima bo‘ldi adasi? – desa, eri:
— Ming la’nat! Chiroqni o‘chirdim deganding, tok urib tovonimgacha zirillatvardi! – dermish.
Er-xotin kechki payt salqinda ko‘chada aylanib yurishsa, oldidan qo‘shnisi chiqib qolibdi.
— Nega bir o‘zingiz yuribsiz? Xo‘jayin qani? – so‘rabdi xotin qo‘shni ayoldan.
— Erim to‘rt oyoqli do‘sti bilan birga... – debdi ayol.
— Ha, it bilan aylanib yuribdimi? – desa, qo‘shni:
— Yo‘q, yangi divan sotib olgan edik, - dermish.
Yigit otasini mashinasini haydab ketyapti:
— Qalay ada, mashina haydashni o‘rganibmanmi?
— Yo‘l chetida turganchiroyli qizni ko‘rdingmi?
— Yo‘q, ko‘rmadim.
— Unda hali o‘rganmabsan!
Er:
— Xotin, seni boringga shukur qilaman.
Xotin:
— Sababini ayting!
Er:
— Sababi, shu sen bo‘lmaganingda mahallada meni hech kim yaxshi tanimasdi...
Xotin:
— Kecha yana bo‘kib ichib keldingiz?
Er:
— Nima? Ko‘p ichibmanmi? Eslay olmayman! Uchinchi piyolani eslayman, u yog‘i esimda yo‘q!
Xotin:
— Dadasi to‘ydan keyin rohat farog‘atda yashaysan degandingiz!?
Er:
— Mahallamizni nomi nima?
Xotin:
— Rohat.
Er:
— Ko‘chamizni nomichi?
Xotin:
— Farog‘at.
Er:
— Ana ko‘rdingmi xotin?!