Ovchi-baliqchi haqida latifalar

Arendaga mashina minadigan taksist daryoga baliq oviga borgan ekan. Qarmog‘iga tilla baliq ilinibdi.
Baliq tilga kirib:
— Tila tilagingni bajaraman, - debdi.
Shunda taksist:
— Mening birdan-bir orzuyim yangi mashina minish, iloji bo‘lsa menga mashina paydo qilib bersang, - debdi.
Tilla baliq uning so‘zini eshitib:
— Naqdga olasanmi yoki "vыkupgami", - debdi.
Shunda taksist baliqqa qarab:
— Sani dimlab yesammi yoki qovurib yesammi ekan, - debdi...
Chol dengizdan tilla baliq tu­tib oldi. Tilla baliq tilga kir­di:
— Kampiring haliyam bormi?
— Ha.
— Unday bo‘lsa meni yeb qo‘yaver.
Bir kishi dengizdan tilla baliq tutib olibdi. Baliq tilga kirib:
— Meni qo‘yib yuborsang, uchta tilagingni amalga oshiraman!, - debdi.
— Roziman. Faqat bitta shartim bor! Menga nima bersang, qaynonamga uch baravar ko‘proq berasan, - debdi haligi odam. Baliq ham shu shartga ko‘nibdi.
— Menga bitta mashina, qaynonamga esa uchta mashina ber. Menga bitta dalahovli ber, qaynonamga — uchta. Uchinchi tilagim: menga kichkinagina yurak xuruji, qaynonamga ...
Bir bola dengiz bo‘yida yursa qirg‘oqqa oltin baliq chiqib qolibdi. Yigit shoshilib baliqni qo‘liga olib tilagini aytaman deb tursa baliq tilga kiribdi.
— Ha, tilak so‘ramoqchimisan - desa
Yigit:
— Ha desa,
Baliq:
— Befoyda man oltin baliqmasman, sariq kasal bo‘lib qoganman - debdi.
Bir piyonista odam baliq oviga borib, qarmoq tashagan ekan, oltin baliq qarmog‘iga ilinibdi-da, har doimgidek oltin baliq uni tilagini bajarishini aytibdi. Faqat u baliq uchta emas, ikkita tilak bajaradigan baliq ekan.
Mast odam baliqqa qarab debdi:
— Menga shunaqa shisha bergin-ki, ichida pivosi bo‘lsin. Qancha ichsam ham tugamasin.
Oltin baliq darrov tilagini bajarib, aytgan shishasini qo‘liga beribdi. Piyonista ichib ko‘ribdi. Yana ichibdi. Pivo hech tugamasmish.
— Zo‘r shisha ekan. Hoy tilla baliq, shu shishadan yana bitta ber, - dermish.
Bir o‘g‘rining qarmog‘iga oltin baliq ilinibdi. Lekin u nima qilishini bilmasdan baliqni u yog‘iga ag‘daribdi, bu yog‘iga ag‘daribdi.
— Tila tilagingni, - debdi, nihoyat, oltin baliq tilga kirib.
— Bu nima dyeganing, - debdi tushunmasdan o‘g‘ri.
— Senga qanaqa tushuntirsam ekan, kecha bir odam meni ushlab olgan edi. U mendan yuz million so‘m muhayyo qilishimni so‘radi. Men uni bir zumda bajo keltirdim. Senga nima qilay?
— O‘sha odamning uy manzilini ber.
Bir odam baliq oviga boribdi. Qarasa xo‘rak olishni unutibdi nima qilishni rosa o‘ylabdi va oxiri qog‘ozga chuvalchang deb yozib qarmoqqa ilib suvga tashlabdi birozdan so‘ng qarmoq qimirlabdi, uni tortib qarasa boshqa qog‘ozga baliq deb yozilgan.
Ikki jinni baliq ovlashardi. Biri kattakon cho‘rtanni tutib oldi-yu, qo‘rqqanidan sherigidan so‘radi:
— Buni qanday o‘ldiraman?
— Iya, cho‘ktirib yubor, o‘ladi-qoladi!
Boltavoy tilla baliqcha tutib olibdi va unga tilagini aytibdi:
— Har kuni tug‘ilgan kunim bo‘lishini istayman!
Ikki oydan so‘ng Boltavoy qaribdi va vafot etibdi.
Ikkita odam baliq tutib o‘tirib, bir qadahdan aroq quyishibdi. Shu payt qarmoqqa baliq ilinibdi. Aroqni yoniga qo‘yib, qarmoqni tortib chiqarsa, baliq "Shalop" etib aroqni ichiga tushibdi.
Jahl bilan aroqni ko‘lga to‘kib tashlabdi. Aroqni ichidagi baliq suvga qaytib tushib, sheriklariga maqtanibdi:
— Tepada ikkita ovchi ushlagan baliqlariga bir qadahdan aroq quyib berib, yana suvga tashlab yuboryapti, - dermish.