Ovchi-baliqchi haqida latifalar

Ikkita ovchi ovga chiqib kechgacha o‘lja topa olishmabdi. Ovchilardan biri ochlikdan hushidan ketib qolibdi.
Sherigi tez yordamga qo‘ng‘iroq qilib:
— Do‘stim hushidan ketdi, tez yetib kelinglar! – desa, tez yordamdagilar:
— O‘zi tirikmi? – deyishibdi.
— Bilmayman, - debdi ovchi.
— Biz anig‘ini bilishimiz kerak, - deyishsa, go‘shakni narigi tomonidan bitta o‘q ovozi eshitilibdi.
— Tirik ekan, ingrayapti, - dermish ovchi.
Er xotiniga maqtandi:
— Qara, qanchalik ko‘p baliq ovladim!
— Boshimni qotirmang! Qo‘shnimiz uyga kelishdan avval baliq sotadigan do‘konga kirganingizni ko‘ribdi…
— Nimasini aytasan… Baliq ko‘pligidan yarmini do‘konga topshirishimga to‘g‘ri keldi…
Ovchilar bir-biriga o‘ljasini maqtana boshlashibdi:
— Katta ayiq ovladim, - debdi yosh ovchi.
— Qanday ovlading? - so‘rabdi ovchilar undan.
— Birinchi o‘qni otdim, tegmadi. Ikkinchi o‘qni otdim, yana tegmadi. Uchinchi o‘qni ham otdim. U ham tegmadi, - debdi.
— Unda qanday qilib ayiqni o‘ldirding? - deyishsa, yosh ovchi:
— Ayiq kulaverib o‘zi o‘lib qoldi, - dermish.
— Hoy birodar, nega qarmog‘ingni birini suvga, ikkinchisini o‘t-o‘lanlarni orasiga tashlab o‘tiribsan?
— 10 ming bersang sababini aytaman.
— Mana ol 10 ming. Endi sababini ayt! Judayam qiziqib ketyapman!
— Suvga tashlagan qarmog‘imga hali birorta ham baliq ilinmadi. O‘t-o‘lanlar orasiga tashlagan qarmog‘imdan 50 ming ishlab oldim...
Bir odam daryo bo‘yida iti bilan baliq tutib o‘tirgan ekan, shu payt suvdan sigir chiqib:
— Sigaretni tutashtirib olsam bo‘ladimi? - deb sigaretini tutashtirib sho‘ng‘ib ketibdi.
U odam hayron bo‘lib itiga qarabdi. Iti unga termulib, ko‘zlarini pildiratib:
— Nima menga qaraysiz?! O‘zim hayron qoldim, - dermish.
Bir kishi tilla baliq ushlab olibdi.
— Tila tilagingni ey yaxshi inson! - debdi baliq tilga kirib.
— Mashina olishni istayman, - debdi kishi.
— Kreditgami yoki naqdgami? - debdi baliq.
— Paxta yog‘ida qovuraymi seni yoki pista yog‘idami? - debdi haligi kishi.
Baliq ovidan yaxshi kayfiyatda qaytgan er xotiniga:
— Qara, qancha baliq tutganimni! Bugun ovim baroridan keldi! - debdi.
Xotini:
— Aldamang! Shuncha baliqni o‘zingiz ovlamagansiz! Qo‘shnimiz sizni baliq do‘koniga kirib-chiqganingizni ko‘ribdi-ku! - desa, eri:
— To‘g‘ri, kirdim. Tutgan baliqlarimni yarmini sotib yuborishga to‘g‘ri keldi-da! - dermish.
Ta’qiqlangan joyda baliq ovlayotgan odamni yonida inspektor kelib:
— Sizga katta miqdorda jarima yozaman, - debdi.
— Nima qilay inspektor!? Bu yerda dam olib o‘tirsam, shu baliq o‘zi suvdan chiqib kelaveradi, - debdi.
— Qanday qilib? Qani ko‘rsating-chi?! - desa, haligi odam baliqni suvga tashlab yuboribdi.
— Qani baliq chiqib kelayotgani? - debdi inspektor.
Haligi odam:
— Qanaqa baliq? Men bu yerda shunchaki dam olib o‘tiribman! - degan ekan.
Ovchini so‘roq qilayotgan tergovchi so‘rabdi:
— Nega jabrlanuvchiga qarata o‘q uzdingiz?
— Men uni buqa deb o‘ylabman.
— Odam ekanini qachon payqadingiz?
— Oyog‘iga o‘q tekkanda so‘kishni boshlaganida.
Oltin baliqni tutib olgan cholga baliq debdi:
— Tila tilagingni!
Chol debdi:
— Zavoddan mashinam tezroq chiqaqolsa, navbatim kelaqolsa degandim...
Baliq cholga qarab turib:
— Otaxon, bunchalik uzoq umr berolmiman sizga! - degan ekan.