Sevishganlar haqida latifalar

Yigit sevgan qiziga:
— Men seni sevaman!
— Bu gapingizni yana kimlarga aytgansiz?
— Hammaga.
— Hammaga?!
— Seni sevishimni hammaga aytganman-da!
— Sevinch bilasanmi, futbol tomosha qilganimda — dunyodagi barcha narsalarni unutaman...
— Mani ismim Nargiza.
Yigit qizga sms yozayapti:
— Shalom shevgilim! Yaxshimisan?
Qiz hayron bo‘lib:
— Jonim, nega "s" harfini o‘rniga "sh" harfini yozayapsiz?
— Og‘zimda nosim bor-da, ashalim!
Yigit bilan qiz telegramda yozishmoqda.
Yigit:
“Kechqurun restoranga borsak,...”
Qiz:
“Rostanmi!? Qayerga boramiz?”
Yigit:
“Shoshmay tur! Oxirigacha yozib olay! Kechqurun restoranga borsak, hamma do‘stlarim yig‘ilib bo‘lishgan ekan. Faqat men bilan Azizni kutib turishgan ekan.”
Chol yoshlikni eslaylik deb, kampirini sevishganlar bog‘iga olib boribdi. Gaplashib turishsa, bog‘ qorovuli xizmatchisi kelib:
— Jarima to‘laysiz! Ahloqsizlik uchun! - debdi.
Shunda chol:
— Uzr bolam, birinchi marta kechira qol, - debdi.
Haligi qorovul o‘ylanib turib:
— Mayli sizni kechiraman! Ammo, manavi kampirni avval ham ko‘p martta ogohlantirganman, - debdi.
Ikki sevishgan gaplashib o‘tiribdi. Qiz:
— Dadam bilan gaplashib ko‘ring. Menga shunda uylansangiz bo‘ladi, - debdi.
Yigit qizning otasini yoniga boribdi. Otasi yigitdan so‘rabdi:
— Nima ish qilasan?
— Falon joyda.
— Maoshing qancha? – yana so‘rabdi qizning otasi. ⠀
— 400 ming so‘m debdi yigit.
— Iye, bu oyliging qizim bir oyda yeydigan go‘shtning ham puli emas-ku! – deb yigitni haydab yuboribdi otasi.
Yigit qizning uyidan chiqib ketayotsa, qiz:
— Ha, otam rozi bo‘lmadilarmi? - desa, yigit qizga qarab:
— Bor-yey! Sen ham ko‘p go‘sht yeydigan o‘zbeklardan ekansan! – dermish.
Bir tadbirkor yigitning sevgan qiziga aytgan so‘zlari:
“Sog‘lom inson yuragi nechi pul turishini bilasanmi?!
Men ahmoq sen noshukurga yuragimni “shundoq” berib o‘tiribman-a!!!”.
Ikki sevishgan suhbatidan. Yigit:
— Seni shunchalik sevaman-ki, sen istagan narsangga aylanishim mumkin!
— Unday bo‘lsa, tez ishlaydigan internet bo‘la olasizmi?
— Tez ishlaydigan internet???
— Bilardim shunaqaligingizni...!