Sevishganlar haqida latifalar

Qiz sevgan yigitiga debdi:
— Nega menga anchadan beri gul sovg‘a qilmayapsiz?
Yigit:
— Ol, senga butun dalani sovg‘a qildim. Xohlaganingcha terib olaver!
Yigit sevgan qizidan so‘rabdi:
— Jonim, mengacha nechta yigit bilan yurgansiz?
— Qiz indamay, yerga qaradi.
Yigit:
— Jonim mani kechiring, sizi uyaltirmoqchimasdim.
Qiz:
— Halaqit bermang, sanayapman: Oltmish bir, Oltmish ikki, Oltmish besh...
Abonent yigit qizga SMS yozyapti:
"Menga turmushga chiqing!"
Yigitga SMS kelibdi:
"Hisobingizda mablag‘ yetarli emas. Iltimos hisobingizni to‘ldirish uchun Rossiyaga borib ishlab keling!".
— Jonim, man Juletta, siz esa mani Romeom bo‘lishingizni xohlayman!
— Nima san mani, zahar ichib o‘lishimni xohlaysanmi?
Parkda yigit bilan qiz quchoqlashib o‘tiribdi.
Qiz:
— Menga shunday ishonarli chin so‘zingizni ayting yuragim hayqirib ketsin,
Yigit
— Orqamizda dadang bilan ikkta milisa turibdi!
— Jonim, seni hech kim hafa qilmayaptimi?
— Yo‘q, meni himoyachim!
— Qara-de, ubu kim hafa qilsa, hafa bo‘lma
Yigit bilan qiz uchrashuv belgilashibdi. Yigit qizni rossa kutibdi. Qiz kelmabdi. Oxiri uyiga qaytib ketibdi. Ertasi kuni qiz yigitga qo‘ng‘iroq qilib, gapi borligini aytibdi. Qiz yigit bilan uchrashibdi-yu, kecha hind kinosi ko‘rganini, shuning uchun uchrashuvga kela olmaganini tushuntiribdi.
Keyin qiz yigitga:
— Biror kafega kiraylik, kinoni gapirib beraman, - debdi.
Bir kafega kirib o‘tirib, qiz kinoni gapirib bera boshlabdi. Bir yarim soat tinmay gapirib bo‘lib:
— Mana, kinoni 1-qismi tugadi. Hozir bir suv ichib olay, 2-qismini gapirib beraman, - desa, yigit:
— Mayli, faqat kinodagi ashula aytib, raqsga tushgan joylarini o‘tkazib yuborgin. Shuncha odam oldida uyalib ketyabman, - degan ekan.
Notanish nomerdan qiz bolaga sms keldi.
— Sevganiz bormi?
— Ha, bor. Kim bu?
— Bu men dadangman, uyda gaplashamiz.
5 minutdan so‘ng boshqa nomerdan sms:
— Sevganiz bormi?
— Yo‘q kim bu?
— Bu men sevganing. Demak mendan or qilar ekansan-da.
— Yo‘q, dadam sinab ko‘rayotgandi. Shunga yo‘q dedim.
— Bu yana men, dadang, uyga boray ko‘rasan.
— Azizim, menga nisbatan biror tuyg‘u his qilasizmi?
— Ha, albatta!
— Unda nega qo‘limni so‘ramayapsiz?
— Rahm-shavqat tuyg‘usi bilan turmush qurib bo‘lmaydi-da...
— Meni sevasizmi, azizim?
Yigit:
— Albatta, azizam!
Qiz:
— Men uchun qurbon bo‘lishgayam rozimisiz?
Yigit:
— Yo‘g‘eye! Mening sevgim abadiy!