Sevishganlar haqida latifalar
— Ustoz men bir qizni sevaman. U qiz meni sevadimi-yo‘qmi, buni bilmayman, - debdi.
Ustoz javob beribdi:
— Sen unga bir latifa ayt! Kulsa, u seni sevadi. Kulmasa sevmaydi, - debdi.
Qizga latifani aytib bersa, kulmabdi. Lekin yig‘lab yuboribdi...
— Salom jonim. Bugun ko‘rishamizmi?
Qiz:
— Ko‘risholmaymiz. Betobman. O‘zingiz allamahalda qayerlarda yuribsiz?
— Diskotekada. Orqangga qara, turibman.
— Nima gap?
— Ikkita qiz meni talashib urishmoqda!
— Xo‘sh, nima bo‘pti?!
— Xunugi g‘alaba qilyapti!
Yigit:
— Sizga yaxshi ko‘rinyaptimi kino?
— Ha.
— O‘tirish qulaymi? Oldizdagi odam xalaqit bermayaptimi?
— Yo‘q.
— Oyog‘izga pastdan shabada urmayaptimi?
— Muncha myehribonsiz-a... Yo‘q hammasi juda yaxshi. Havotir olmang! - desa
— Keling unda almashib olaylik, - dermish...
— Yaxshi qiz, tanishamizmi?
Qiz:
— Meni yigitim bor.
Yigit:
— Meni 2 etajli uyim, kaptivam bor.
Birdan qiz yig‘lab yubordi.
Yigit:
— Ha, nima bo‘ldi?
Qiz:
— Meni yigitim tashlab ketgan...
— Yigitim menga tilla uzuk sovg‘a qildi.
— Ajoyib-ku. Tabriklayman!
— U menga yana mashina ham sovg‘a qildi.
— Ajoyib-ku. Tabriklayman!
— O‘zingda nima yangiliklar?
— Etika kurslariga qatnashyapman. "Aldama, tentak" so‘zini o‘rniga "Ajoyib-ku. Tabriklayman!" deyishni o‘rganib oldim.
— Tilingiz bormi?
— Ha
— Qo‘lingiz bormi?
— Ha
— Unda nimadir qiling, - desa.
Yigit qo‘lini labiga olib borib:
— «bring, bring» - qilganmish.
— Xola, meni 2ta yigit sevadi, qaysi birini omadi chopadi, - desa
Folbin:
— Azizning omadi chopadi, Ahmad esa uylanadi, - dermish
— Sizga futbol bo‘lsa bo‘ldi. Undan boshqa narsani o‘ylamaysiz!
Yigit:
— Bu noto‘g‘ri. Seni xam o‘ylayman.
Qiz:
— Xo‘sh unda ayting-chi, birinchi martta qachon uchrashganmiz?
Yigit:
— 27 may 2013 yil: Real bilan Barselona o‘ynagandi o‘sha kun...
— Hali bunaqa oliyjanob yigitni uchratmagandim, - debdi.
Yigit esa yarim yildan beri mashinasining eshigini ichkaridan ham ochilishi uchun ustaxonaga olib borolmayotgan ekan...