Sevishganlar haqida latifalar

— Sevgilim, tarelkadagi tort bo‘lagini yeb ko‘r!
— Rahmat qornim to‘q, yemayman.
— Asalim, qara juda shirin tort! Hech bo‘lmasa bir tishlamgina yegin.
— Rahmat, qornim to‘q.
— Ozgina tatib ko‘r.
— Bas qiling! Man soat oltidan keyin hech nima yemayman!
— Tortni tanovul qil ahmoq. Uni ichida uzuk bor! Sanga uylanmoqchiman-ku tushunmayapsanmi. Romantikani ham beliga tepding!
Qiz:
— Nimaga meni doim Coca Colaga o‘xshataverasiz?
Yigit:
— Turgan bitganing zarar bo‘lsa ham, senga o‘rganib qolganman...!
Qiz bilan yigit parkda ketayotsa, qiz to‘satdan hushidan ketib qolibdi.
Yigit:
— Suv! Suv olib kelinglar! Tez yordam chaqiringlar, - desa
Qiz asta ko‘zini ochib:
— Qanaqa suv? Qanaqa tez yordam? Sun’iy nafas berish kerak, - dermish.
Bir yigitni sehrgar sehrlab qo‘yibdi. U bir yilda faqat bitta so‘z ayta olar ekan. O‘sha yigit chiroyli qizni sevib qolibdi. Unga "Men sizni sevaman" deyish uchun 3 yil hech kimga gapirmay so‘z yig‘ibdi. Vaqti kelib, uch yil o‘tib, yigit qizni yoniga kelib hayajon bilan:
— Men sizni sevaman, - debdi.
Shunda qiz sochlarini orasidan ko‘rinib turgan naushniklarni qulog‘idan chiqarib:
— A-a-a. . .!? - degan ekan.
Yigit:
— Seni sevaman.
Qiz:
— Xa-xa-xa.
Yigit:
— Seni sog‘indim.
Qiz:
— Xa-xa-xa.
Yigit:
— Qachon ko‘rishamiz?
Qiz:
— Xa-xa-xa.
Yigit:
— Ko‘rishganimizda sanga tilla oberaman.
Qiz:
— Qachon?
Yigit:
— Xa-xa-xa.
Bir yigit uylanmoqchi bo‘lib, onasiga uchta qizni ko‘rsatibdi-da, — Onajon, toping qaysi biri keliningiz?, - desa, onasi:
— O‘rtadagisi, - debdi.
Yigit hayron bo‘lib:
— Qayerdan bildingiz?, - desa, onasi:
— Shunisiga qarasam, asabim buzilyapti, - dermish.
Bir yigit tanishgan qiziga shunday debdi.
— Siz menga turmushga chiqsangiz, boshimda ko‘tarib yuraman. Osmondagi oyni, yulduzlarni sovg‘a qilaman...
She’rlar aytib, qo‘shiqlar kuylayman, - desa,
Qiz:
— Pul-chi, pul!? Pulingiz umuman yo‘qmi? - degan ekan.
Yigit qizdan so‘radi:
— Hozir qo‘lingni ushlasam, nima qilasan?
— Bobomni chaqiraman.
— Kutilmaganda yuzingdan bo‘sa olsam-chi?
— Bobomni chaqiraman.
— Nega endi «Bobomni chaqiraman», «Bobomni chaqiraman» deyaverasan?
— Chunki bobomning ikkala qulog‘iyam kar.
Yigitlar ko‘zi bilan, qizlar esa qulog‘i bilan sevadi.
Hozirgi zamon yigitlarini ko‘zida ko‘zoynak, qizlarni qulog‘ida esa naushnik!
O‘rtada bechora sevgi sarson...
— Haqiqiy sevgi bor narsa!
— Bo‘lmagan gap!
— Hechamda. Mana qo‘shnimiz Natashaxon. Haqiqiy muhabbat timsoli. Sevgi nimaligini biladi!
— O‘lsin Natashaxoning sevgi timsolimush. U to‘rt marta erga tekkanku! Qayerdan bilsin sevgi nimaligini!
— Biladi, chunki to‘rt marta erga tekkan bo‘lsa ham o‘ynashi hali ham bitta odam!