Sevishganlar haqida latifalar
— Azizam meni quyoshim bo‘lishni istaysanmi?
— Ha albatta!
— Unda mendan 150 million kilometr uzoqda yur!
— Nega unga rostini aytmading?
— Nimalar deyapsan?! Faberlic da ishlashimni bilib qolsa, tamom bo‘laman-ku...
— Lekin go‘zalman!
— Buni senga kim aytdi?
— Sen!
— Shunga ishondingmi?
— Albatta!
— Ana, ahmoqsan-da.
— Lekin go‘zalman!
23:50 — Albatta sen muhimsan...
Sevgan qizim kitob o‘qishni juda yaxshi ko‘rishini, har kuni kitob o‘qishini aytdi. Uning tug‘ilgan kuniga qiziqarli kitob sotib oldim-da, 10-sahifasiga sovg‘a pul solib qo‘ydim. Oradan 1 oy o‘tsa ham, sevgan qizim pulga yetib kelmayapti...
— Nega gapirmay indamay o‘tiribsiz, nimalar haqida o‘ylayapsiz?
— O‘sha siz o‘ylayotgan narsalar haqida o‘ylayapman.
— Voy, uyatsiz, uyalmaysizmi to‘yimiz bo‘lmay turib, shunaqa narsalar haqida o‘ylagani?
1. Keyin o‘zim telefon qilaman (Sen bilan gaplashgim yo‘q!);
2. Uydagilar qo‘ng‘iroq qilishvatti (Kecha tanishgan qiz 2-liniyaga tushvatti);
3. Albatta uylanaman! (Sendan qachon qutulaman!?);
4. Ovozing yaxshi eshitilmayapti (Qachon gaping tugaydi?!)
5. Keyingi hafta armiyaga ketaman (Alvido!)
3 aprelda qo‘ng‘iroq qilib, — 1 aprel hazili edi...! - deydi.
Men esa yangi qiz bilan tanishib bo‘lgandim...
Birinchi boʻlib yigit niyat qilib suvga tanga tashlabdi.
Keyin navbat qizga kelibdi. Qiz tangani tashlayman deb, oʻzi suvga tushib ketibdi.
Shunda yigit:
— Shu yerda niyat qilsang, albatta amalga oshadi deyishardi. Rost ekan! – dermish.