Transportda haqida latifalar

Avtobusda:
— Xolajon, sumkangiz ochilib qolibdi.
— Voy bolajonim rahmat! Boshqa bir insofsiz bo‘lganda hamyonimdagi pullarni o‘g‘irlab olardi.
— 100 ming so‘m ham pul bo‘ptimi xolajon?!
2 ta talaba uchrashib qolibdi:
— Kecha nega avtobusni orqasidan yugurib ketayotganding?
— Avtobusga pulni tejamoqchi bo‘ldim.
— Azizim, to‘ydan oldin meni taksida olib yurardingiz. Endi esa metroda yuribmiz...
— Chunki sen bilan faxrlanaman. Taksida seni 1 ta odam ko‘radi. Metroda yuzlab odamlar ko‘radi.
Ayrim odamlar jamoat transportida yurishdan avval hammomga kirishni o‘ylashmaydi!
Ertalabki tirband avtobusda:
— Keyingi bekatda tushmaysizmi?
— Yo‘q!
— Unda meni eshik oldiga o‘tkazib yuboring.
— Avtobus to‘xtasin, tushib ketasiz!
— Endi o‘tkazib yuboring, tushishim kerak!
— Menga nima, men tushmayman!
Metroda qari onaxonni ro‘parasida saqich chaynab o‘tirgan yigitga onaxon debdi:
"Bekorga menga shuncha gapni gapiryapsan. Qulog‘im og‘ir bolam, eshitmayman!"
Bir duduq kishi bo‘lgan ekan. Nuqul gapirsa, duduqlanib qolarkan. Bir kuni marshrutka to‘xtatibdi-da, eshikni ochib "Taq-taq, taq-taq" desa, haydovchi asabiylashib:
— Namuncha taqqillatasan?!, o‘tir tezroq! - debdi.
Duduq kishi bo‘lsa:
— Taq, Taqachiga boradimi? - deb so‘rabdi.