Uddaburonlar haqida latifalar

Bir yigit do‘stidan qarz so‘rabdi:
— Do‘stim, 200 ming qarz berib tur!
— Mayli, oyni oxirida qaytarasan! - debdi do‘sti.
— Qanaqa qilib qaytaraman.
— Olganingdan keyin qaytarasan-da! - debdi yana do‘sti.
— Unda oyni oxirida qarzimni qaytarishim uchun pul berib turarsan, - dermish yigit.
Xorijlik jinoyatchiga sud jarayonida tarjimondan foydalanayotgan ekan:
Prokuror:
— Ayt! Pullarni qayerga berkitding?
Tarjimon tarjima qilyapti:
— Pullarni qayerga berkitganingni so‘rashyapti.
Jinoyatchi:
— Aytmayman!
Tarjimon:
— Aytmas ekan.
Prokuror:
— Agar aytmasang, seni o‘limga hukm qilamiz.
Tarjimon tarjima qilyapti:
— Aytsangchi! Bo‘lmasa o‘lasan!
Jinoyatchi:
— Pullarni falon joyga berkitganman.
Tarjimon yana tarjima qilyapti:
— O‘ldiraveringlar! Aytmayman deyapti.
Bir yigit muzqaymoq yeb o‘tirsa, chiroyli qiz o‘tib qolibdi:
— Yaxshi qiz, chiroyli ekansiz! Tanishsak bo‘ladimi? - desa, qiz:
— Men qo‘lingizdagi muzqaymoq emasman, yaxshi gaplarga erib ketadigan, - deb o‘tib ketibdi.
— Matros, hammasi yaxshimi?
— Ha kapitan, hammasi a’lo! Vahimaga o‘rin yo‘q! Faqat biz cho‘kyapmiz...
— Hoy birodar, nega qarmog‘ingni birini suvga, ikkinchisini o‘t-o‘lanlarni orasiga tashlab o‘tiribsan?
— 10 ming bersang sababini aytaman.
— Mana ol 10 ming. Endi sababini ayt! Judayam qiziqib ketyapman!
— Suvga tashlagan qarmog‘imga hali birorta ham baliq ilinmadi. O‘t-o‘lanlar orasiga tashlagan qarmog‘imdan 50 ming ishlab oldim...
"Kim millioner bo‘lishni xohlaydi?" o‘yinida boshlovchi ishtirokchiga debdi:
— Siz "do‘stimga qo‘ng‘iroq" imkoniyatidan foydalanishingiz mumkin.
— Mayli. Men Amerikadagi do‘stimga qo‘ng‘iroq qilmoqchiman, - debdi ishtirokchi.
— Amerika? Xorijga qo‘ng‘iroq qilamizmi? Axir...!? Mayli qo‘ng‘iroq qilamiz, - debdi boshlovchi.
Ishtirokchi amerikalik do‘sti bilan rosa 1 daqiqa hol-ahvol so‘rab, oilasi, ishlari to‘g‘risida gaplashib olibdi.
Boshlovchi:
— Nega do‘stingizdan savolning javobini so‘ramadingiz? - desa, ishtirokchi:
— Bu savolni javobini o‘zim ham bilaman. Shunchaki, do‘stimga qo‘ng‘iroq qilish uchun pulim yo‘q edi, - degan ekan.
Bir darvesh, daydi odam ko‘chada ketayotsa, ko‘prik ustida joniga qasd qilmoqchi bo‘layotgan yigitga ko‘zi tushibdi.
Darvesh yigitni yoniga kelib:
— Menga qara! Sen baribir o‘lmoqchisan. Shu ust-boshingni menga yechib bera olmaysanmi? Meni kiyimlarim judayam iflos va badbo‘y bo‘lib ketdi, - desa, yigit:
— Yo‘qol! Sen iflos va jirkanchsan! Meni kiyimlarimni olmaysan! - desa, darvesh xotirjam:
— Mayli. Tezroq sakra! Men seni pastda kutaman! - dermish.
— Allo, allo! Yordam bering. Men qo‘lni sindirib qo‘ydim.
— Men vrach emasman. Advokatman. Vrachga qo‘ng‘iroq qiling!
— Menga advokat kerak. Singan qo‘l meniki emas!
Afandini yaxshi ko‘rgan iti o‘lib qolibdi.
Qo‘shnilari afandini masxara qilib, darvozasi yonidan o‘tib ketayotib:
— Ha afandi, itingiz o‘lib xafa bo‘lmay o‘tiribsizmi? - deyishsa, afandi:
— Kiringlar! Do‘stingiz o‘tgan joylar, biroz xotirlab ketasizlar, - degan ekan.
— Seni shunchalar sevamanki, ismingni uyimni hovlisiga yozib qo‘ydim.
— Shunchalik sevsang, uyingni meni nomimga yozdirib ber!