Chekka viloyatdan Toshkentga jo‘nayotgan avtobusga bir yigit chiqib haydovchidan so‘rabdi:
— Aka, avtobus Toshkentga boradimi?
— Ha, boradi, - debdi haydovchi.
Yigit bo‘lsa:
— Ichidagi yo‘lovchilarichi? - debdi.
Hurmatli qizlar! Agar qizlar bilan yurmaydigan yigitga turmushga chiqmoqchi bo‘lsangiz, karantin ayni vaqti.
Muddat: Karantin davri tugaguncha!
Bir qiz dugonasidan so‘rayotganmish:
— Dugonajon, shamollab qolganingda nima qilasan?
Dugonasi javob beribdi:
— Shamollaganimda aksiraman, yo‘talaman ham...!
— Do‘stim, men ishdan bo‘shadim!
— Nega bo‘shading?
— O‘zimni ishsizlikda sinab ko‘rmoqchiman.
Bir kuni shifoxonaga bir bemor kelibdi. Uni hamma yog‘i tirnalgan, shilingan, qontalash ekan.
— Sizga nima bo‘ldi? - debdi shifokor.
— Meni ari chaqib oldi, - javob beribdi bemor.
— Ari chaqsa, shu ahvolga tushasizmi??? - so‘rabdi yana shifokor.
— Axir men tok ustida uzum uzayotgan paytimda chaqdi ari, - degan ekan bemor.
Bir kuni quyon bilan ayiq tish sindirishdan garov bog‘labdi.
Quyon ayiqni bir ursa, ayiqni 4 ta tishi to‘kilib tushibdi.
Ayiq quyonni ursa, 2 dona tishi tushibdi. Shunda quyon kulib "Boshqa yo‘q!" dermish.
Harbiy xizmatga kelgan askarlardan komandir so‘radi:
— Mana, bugun sizlar uchun harbiy xizmatdagi birinchi kun. Sizlarni har xil ishlarga taqsimlaymiz.
Oralaringda biron nima pishirishni biladiganlar bormi?
— Men.
— Qayerda ishlagansan?
— Zavodda.
— Nima pishirgansan?
— Asfalt.
Xotin eriga:
— Mensiz nima qilgan bo‘lardingiz-a? - deb javrasa, eri kulib turganmish.
Xotini jig‘ibiyron bo‘lib:
— Nega doim shunaqa desam kulasiz? - desa, eri:
— Xotin shoshmay tur! Biroz shirin hayol surishga ham qo‘ygin-da axir! - debdi.
Bir mast odamni qo‘lidan bir dona sigareti yerga tushib ketibdi.
Piyonista sigaret qutisidagi qolgan hamma sigaretlarni yerga tashlab "Boringlar, anavi daydini olib kelinglar" debdi.
Bir mashhur chet ellik yulduz ko‘chada kimdandir qochib ketayotsa, oldidan ichki ishlar xodimi chiqib qolibdi:
— Kimdan qochyapsiz? Nima bo‘ldi? - desa, haligi mashhur yulduz:
— Yordam bering komandir! Meni bezorilar quvlab kelishyapti, - debdi.
— Mana bu yoqda, kelinglar tezroq bu yoqqa, - deb baqiribdi xodim.