Texnika oliy o‘quv yurtiga kirgan 1-kurs talabasi o‘qishning ilk kuni birinchi para darsda o‘tirib ma’ruza tinglamoqda:
“Kvant maydon nazariyasida zeta tartibga solish murakkab o‘zgaruvchining funksiyasi bo‘lgan Riyemann zeta funksiyasidan foydalanish...”
Talaba cho‘ntagidan qo‘l telefonini chiqarib, qo‘ng‘iroq qilib past ovozda debdi:
“Ada, fikrimdan qaytdim. Armiyaga boraqolay...!”
Maktabda ustoz so‘radi:
— Uyimizni nega toza tutishimiz kerak ekan?
O‘quvchilar javob berdi:
— To‘satdan mehmon kelib qoladi. Shuning uchun!
— Yaxshi qiz, nimaga men sizni avvallari ko‘rmaganman?!
— Bilmadim. Balki sizni xudo asragandir...
Ba’zida shunday onlar bo‘ladiki, hayotingda katta o‘zgarishlar qilging keladi. Va..., yangicha shijoat bilan profilingdagi rasmni o‘zgartirasan. Endi sen o‘zgarganliging haqida bilib qo‘yishsin!
Okeanda qaroqchilar bir kemani qo‘lga olishibdi. Kemada amerikalik, rossiyalik va o‘zbek bor ekan. Qaroqchilarga kapitan:
— Amerikalik va rossiyalikni olib qoling, ishlatamiz. O‘zbekni esa dengizga tashlab yuboringlar, - deb buyruq beribdi.
Shunda qaroqchilar hayron bo‘lib so‘rashibdi:
— Nimaga ularni olib qolib, o‘zbekni tashlab yuboraylik???
— Eeee, hozir "G‘opir akani taniysanmi....Salim akani taniysanmi???" dyeb, quloq-miyani yeb, odamni asabiga tegadi, - debdi qaroqchilarning kapitani.
Bir kuni afandi uyida o‘tirsa, yonidagi xonadan shovqin eshitilibdi. Afandi miltig‘ini olib xonaga kirsa, burchakda qop-qora narsa turganmish. Miltiq bilan "paq" etib otibdi. Qarasa, o‘zini choponi devordagi mixda ilinib turgan ekan.
Shunda afandi "E hayriyat-yey, yaxshiyam ichida o‘zim yo‘q ekanman", - debdi.
Xotin eriga:
— Qo‘shnimiz har kuni ishga ketayotib, xotinini yuzidan o‘pib ketadi. Nega siz hecham unaqa qilmaysiz? - desa, er hayron bo‘lib xotiniga:
— Qanaqasiga o‘pib ketaman axir?! U birovni xotini bo‘lsa...!
— Aytinglar-chi bolalar, olmani daraxtdan qachon uzamiz?
— Bog‘bon uxlaganda va iti bog‘lab qo‘yilganida.
— Do‘stim, nega ko‘zing ko‘kargan?
— Kecha xotinim pishirgan ovqatni maqtayman deb, “Onasi, ovqating mazali emas, ... judayam mazali chiqibdi” demoqchi edim. Gapimni oxirigacha aytishga ulgurmadim...

Bir kishi cho‘lda chanqab ketayosa, oldidan quduq chiqib qolibdi.
"Suv-suv" deb qo‘duq tomon yugursa, uni ichidan bir odam chiqib "Qani?" debdi.