Dushanba kuni ishga ko‘zi qizarib kelgan xodimdan boshliq so‘rayapti:
— Ha ko‘rinishing bir ahvol, shanba yakshanba yana ichibsan-da?
— Yo‘q, ishni sog‘inib yig‘layverib shu ahvolga tushib qoldim.
Ba’zida shunday onlar bo‘ladiki, hayotingda katta o‘zgarishlar qilging keladi. Va..., yangicha shijoat bilan profilingdagi rasmni o‘zgartirasan. Endi sen o‘zgarganliging haqida bilib qo‘yishsin!
Qish kunlarining birida erkak mast bo‘lib kelib, uyini darvozasini taqillatibdi. Ayoli eshikni ochmasdan:
— Kim-u? Dadasi sizmisiz, - desa hech kim indamabdi.
Ayol qaytib uyga kirib ketibdi. Tong otgach ko‘chaga chiqib qarasa, eri darvoza tagida tirishib uxlab yotganmish.
Shunda xotini erini turtib uyg‘otib:
— Voy dadasi, qachon keldingiz, - desa, eri:
— Kechasi, - debdi.
Ayol:
— Nega "dadasi sizmisiz?" desam indamadingiz:
Er:
— Kallamni qimirlatdim-ku!? - dermish...
Bir kishi yaqin do‘stidan so‘rabdi:
— Menga yuz ming berib tura olasanmi?
— Nimaga?
— Esdalikka!
Otasi o‘g‘liga:
— Bu yil ham o‘qishga kira olmasang, otam dema meni! Seni tanimayman!
Imtihonlar tugagach, adasi o‘g‘lidan so‘rabdi:
— Ho‘sh o‘g‘lim, imtihonlar qanday o‘tdi?
O‘g‘li esa:
— Kechirasiz, sizni tanimayroq turibman, kimsiz?
Ilmu tolib piru komildan so‘rabdur:
— Aytingchi ustoz, nechun sessiya yiliga ikki marotaba bo‘lur?
Piru komil javob beribdir:
— Agar sessiya yilda uch marotaba bo‘lsa, u talabaga og‘irlik qiladir. Agar sessiya yilda bir marotaba bo‘lsa, bu domullaga og‘irlik qilgan bo‘lardi.
Charchagan ot cho‘chqaga dardini aytibdi:
— Xo‘jayin nuqul ertalabdan kechgacha omochda yer haydatib, hamma ishlarni qildiradi. Qornimni to‘ydirmasdan olib kirib tashlaydi.
Cho‘chqa:
— Xo‘jayinni ustidan "Hayvonlarni himoya kilish jamiyati"ga shikoyatnoma yoz!, - debdi.
Shunda ot:
— Ey, yo‘q, bu to‘g‘ri kelmaydi. Agar xo‘jayinim yozish va o‘qishni bilishimni payqab qolsa, kechasi bilan bolalarini darsini qildiradi, - dermish.
Poshsho Afandini masxaralash maqsadida saroy ahlini yig‘ib, farmoni oliy o‘qidi:
— Biz bugundan boshlab Nasriddin Afandini eshak boshilik martabasiga muvofiq ko‘rdik...
Afandi o‘rnidan turib poshshoga ta’zim qildi va borib taxtdan ham yuqoriroq bir joyga borib o‘tirdi.
— Ha, Afandi, — dedi poshsho,— nima uchun mendan ham yuqoriroqqa o‘tirdingiz?
Afandi qo‘lini ko‘tarib dedi:
— Taqdirga tan bering, shohim! Men o‘z vazifamni bajarishga kirishdim!
Maktabda o‘qituvchi bolalarga:
— Aytinglarchi, bizga oy yaqinmi Amerikami?
— Oy yaqin!
— Qanaqasiga axir bolalar?!
— Oy bizga ko‘rinib turadi. Amerika esa umuman ko‘rinmaydi, uzoqda!
Bir bola adasi bilan yo‘lda ketayotsa, uzoqdan qizlar ko‘rinibdi.
Adasi:
— O‘g‘lim, qizlarni ko‘rdingmi? Ularni yonida meni “aka” deb chaqirgin, - debdi.
Bolakay:
— Havotir olmang ada. Oyimni ham ko‘chada “opa” deb chaqirishga o‘rganib qolganman, - dermish.