Xotin eriga:
— Pulingiz bormi?
— Yo‘q, qolmadi.
— Agar topsam-chi?
— Sendan juda-yam minnatdor bo‘lardim!
— Sevgilim, tarelkadagi tort bo‘lagini yeb ko‘r!
— Rahmat qornim to‘q, yemayman.
— Asalim, qara juda shirin tort! Hech bo‘lmasa bir tishlamgina yegin.
— Rahmat, qornim to‘q.
— Ozgina tatib ko‘r.
— Bas qiling! Man soat oltidan keyin hech nima yemayman!
— Tortni tanovul qil ahmoq. Uni ichida uzuk bor! Sanga uylanmoqchiman-ku tushunmayapsanmi. Romantikani ham beliga tepding!
Qariya yosh yigitga debdi:
— Aqling bo‘lsa, chiroyli qizga uylanma!
— Nimaga? – so‘rabdi yigit.
— Chiroylisi tashlab ketadi.
— Xunuk qizlar ham tashlab ketsa-chi?
— E xunugi daf bo‘lib ketmaydimi!?

Tushimda do‘stim mendan qarz so‘radi.
Bermaslik uchun uyg‘onib ketdim.

— Ikki yildan beri metroda ishga qatnayman.
Bitta homilador ayol tilanchilik qilib o‘tiradi. Yo tavba, ikki yildan beri tug‘mayapti-ya...
Ikkita piyonista ichib olib, ketayotsa oldidan ko‘zgu chiqib qolibdi. Ko‘zguda o‘zini aksini ko‘rib biri ikkinchisiga, “Do‘stim shu ketishda ichaversak, 10 yildan keyin ko‘rinishimiz shu ahvolda kelib qoladi-yov”, - dermish.
Xotinining janjallaridan to‘yib ketgan er ortiq bundan yashab bo‘lmasligini tushunib yetibdi. “Bir nima qilishim kerak!” deb o‘ylabdi-da, shartta derazani ochib tokchaga chiqibdi. 6-qavatdan pastga qarab tursa, xotini chiqib qolibdi:
— Nima qilyapsiz, adasi? – debdi xotini.
— Xayr xotin! Ortiq sen bilan yashay olmayman! Jonga tegdi! Hozir o‘zimni shu yerdan tashlayman! – debdi eri.
Xotini yugurib oshxonaga kirib ketibdi. Zum o‘tmay, qo‘lida axlat chelak bilan chiqib debdi:
— Adasi shuni ham olib keting. Baribir pastga ketyapsiz-ku...!
Maktabda ustoz so‘radi:
— Uyimizni nega toza tutishimiz kerak ekan?
O‘quvchilar javob berdi:
— To‘satdan mehmon kelib qoladi. Shuning uchun!
Talaba yigit do‘stidan so‘rabdi:
— Sen shaharni mendan yaxshiroq bilasan. Temuriylar muzeyi qayerda?
Do‘sti ko‘p o‘ylanib o‘tirmay:
— Albatta bilaman. 1000 so‘mlik pulni orqa tarafida turibdi-ku, - dermish.
Maktabda yuqori sinf o‘quvchilari orasida "boshliq" o‘quvchi hammaga laqab qo‘ya boshlabdi.
— Maxmud, seni "Naynov" deyman. Qodir, seni "Polvon" deb chaqiraman. Sarvar, seni "Kimyo" deyman.
Sarvar:
— Nimaga men "Kimyo" bo‘larkanman!?
— Chunki seni ko‘rsam, asabim "o‘ynaydi"!