— Nega quloqlaring bog‘lab tashlangan do‘stim?
— Kiyimlarimni dazmol qilayotgandim, telefon jiringlab qoldi. Telefon deb dazmolni ko‘taribman.
— Ikkinchi qulog‘ing-chi? Unisiga nima bo‘ldi?
— Tez yordamga qo‘ng‘iroq qilaman deb, yana dazmolni ko‘tarib yuboribman-da...
Besh yoshli o‘g‘li adasidan so‘rayapti:
— Ada, nimaga oyimning qorni ishib ketayapti?
Adasi:
— Oying tarvuz yeyayotganida urug‘ini tushirmasdan yegan. Shunga qornida tarvuz o‘sib chiqyapti.
— Dada, ilonlar ham gapiradimi?
Dadasi sekin qaynonasiga o‘girilib qarab:
— Nabirangiz sizga savol beryapti?, - dermish.
Oyisi o‘g‘lidan so‘rabdi:
— Oshxonada ikki bo‘lak tort bor edi. Hozir uning bir bo‘lagi qolibdi. Buni menga tushuntira olasanmi?
O‘g‘li:
— Albatta tushuntiraman oyi. Qorong‘i edi shuning uchun ikkinchi bo‘lakni ko‘rmabman...
Militsiyaga bir mast kishi qo‘ng‘iroq qilibdi:
— Allo, bu militsiyami? Mening mototsiklimni rulini, benzin bakini, farasini o‘g‘irlab ketishibdi.
— Hozir yetib boramiz.
Birozdan so‘ng yana qo‘ng‘iroq qilib:
— Hammasi joyida ekan. Men mototsiklimda teskari o‘tirib olibman.
E’lonlar taxtasidagi yozuvdan:
"Kelishgan yigit bilan turmush qurmoqchiman. Uni yonida ko‘p ovqat yeyishga uyalib ozish niyatidaman. Yetarlicha ozganimdan so‘ng, ajrashib ketishimiz ham mumkin".
O‘qituvchi o‘quvchisiga debdi:
— Hasanboy, nega sen yozgan inshodagi xatolar partadoshing bilan bir xil?
O‘quvchi:
— Chunki, bizni o‘qituvchimiz bitta-da!
Er xotiniga qarab:
— Nega yangi paketchali choy sotib olding?, - debdi.
— Axir eskisini ipi chirib, uzilib ketdi, - debdi xotini.
— Boshqa ip bog‘lab qo‘ysang bo‘lardi-ku, - dermish eri.
— Nega baqiryapsan xotin?
— Anavi yerda o‘rgimchak turibdi!
— Nima bo‘pti, o‘rgimchak bo‘lsa?!
— U juda-yam qo‘rqinchli ekan.
— Sen ham qo‘rqinchlisan! U baqirmayapti-ku!
DAN xodimi bir avtomobilni to‘xtatib, yukxonasini ochib qarasa, ichida o‘nta pichoq turgan ekan. Haydovchiga qarab:
— Shuncha sovuq qurolni nima qilasiz?, - debdi.
Haydovchi:
— Men sirkda ishlayman, - deb pichoqlarni olibdi-da, janglyorlik qila boshlabdi.
Ko‘chadagi boshqa mashinada o‘tib ketayotgan haydovchilardan biri yonidagi xotiniga qarab, qo‘rquv bilan:
— Qara xotin, yaxshi-yam ichishni tashlaganim. DAN xodimlarida yangi test chiqibdi, - dermish.