Bir yigit do‘stiga:
— Qayerdasan? Qachon kelasan?
— Bo‘ldi, mana yetib keldim. Uyingni yonginasidaman...
— Yolg‘onchi, sen uy telefoningda gaplashib turibsan-ku!
Avtobusda bir qari kampir sochlarini o‘stirib olgan o‘smir yigitga qarab:
— Qizim, mana shu pulni haydovchiga uzatib yuborgin.
— Men qiz bola emasman!
— Voy, maqtanishga topgan narsangni qara...
Bir psixolog talabalarga ma’ruza qila turib:
— So‘z bilan odamni har maqomga solish mumkin. Mana, hozir tajriba o‘tkazib ko‘ramiz, - debdi-da, qayoqqadir telefon qilib so‘rabdi:
— Qo‘ziboyni mumkinmi?
— Qo‘ziboy bu yerda turmaydi, - degan javob eshitilibdi.
Go‘shakni bir daqiqadan so‘ng olib, yana o‘sha raqamni teribdi:
— Qo‘ziboyni chaqirib bering.
— Qo‘ziboy bu yerda turmaydi deyapman-ku! – go‘shakdan asabiy ovoz eshitilibdi.
— Ana, eshitdingizmi, astoydil jahli chiqyapti, - debdi psixolog.
— So‘z bilan odamni jinni qilib qo‘yish mumkin, - dedi bir talaba. - Ishonmasangiz, telefonni berib turing, hozir ko‘rasiz.
Talaba tezda o‘sha raqamga qo‘ng‘iroq qilib:
— Allo! Men Qo‘ziboyman. Meni hech kim so‘ramadimi?
Buyurtmachi qurilish rahbariga:
— Uyimning devorlari juda-yam yupqa emasmi?
— Havotir olmang, hali devorlarga oboy yopishtirib chiqamiz!
— Uylanganimga o‘ttiz yil bo‘ldi. Faqat bir marttagina xotinim bilan fikrimiz bir joydan chiqqan.
— Qachon shunday bo‘ldi?
— Uyimizga o‘t tushganda bitta eshikdan qochib chiqqanmiz.
Bir shaharlik olifta yigit coch qo‘yib, tor futbolka, tor shim kiyib, qulog‘iga zirak ham taqib olibdi-da, qishloqqa mehmonga boribdi. Ketayotsa, oldidan qari otaxon chiqib qolibdi. Yigit otaxonga calom beribdi. Otaxon alik olib, yigitga qarab turibdi-da:
— Barakalla, baxtli bo‘l qizim, - debdi.
Bir odam taqdir taqazosi bilan qamoqqa tushib qolibdi. Qamoqda uni soqchi biqiniga urib, turtib olib ketayotsa, haligi odam:
— Sekin, hoy ukam sekinroq. Avval muomalangizni to‘g‘rilab oling. Bunaqada hech kim kelmay qo‘yadi bu yerga, - dermish.
Qahraton qish kunlarining birida, ko‘chada qalin qor yog‘ib, kuchli bo‘ron esayotgan ekan. Bir kishining eshigi taqillab qolibdi. Qarasa, eshik oldida sovuqdan muzlab qolgan go‘zal ayol turgan emish. Uy egasi uni ichkariga taklif qilibdi. Ayol:
— Muzlab qoldim, - debdi.
Haligi kishi ayolni olov yoniga taklif qilibdi.
— Baribir isimayapman, - debdi ayol yana.
Ayolni issiq kiyimlari bilan o‘rab, qaynoq choy bergan kishi, - endi-chi?, - debdi.
— Bunday vaqtlarda rahmatli erim meni quchoqlab, tanasi bilan isitib qo‘yardi, - deb erkalana boshlabdi ayol.
Uy egasi esa:
— Ko‘chada qalin qor yog‘ib, kuchli bo‘ron ko‘tarilgan. Bunday havoda eringizni tanasini olib kelolmayman, - degan ekan.
Er-xotin nonutsha qilib o‘tirishardi. Bir payt eri xotiniga qarab:
— Asal choy ber, - debdi.
Buni eshitgan xotinining jahli chiqib:
— Qanaqa Asal? Men Nigoraman!!! Kim u Asal?, - deb baqira boshlabdi.
Eri esa:
— Sen Nigoramas, ahmoqsan! Sendan asalli choy so‘radim, - dermish.
Yosh qiz onasiga qo‘ng‘iroq qilib so‘radi:
— Oyijon, siz meni yaxshi ko‘rasizmi?
Onasi:
— Ha, ha qizalog‘im! Albatta.
— Telefon go‘shagini adamga bering.
— Ana adajon eshittingizmi? Oyim ruxsat berdilar!