Juda qalin dugonalar suhbatlashmoqda:
— Bilasanmi, erim meni “Quyoncham” deb chaqira boshladi.
— Axir bu zo‘r-ku!
— Nimasi zo‘r?! Erim ismimni unutib qo‘yganga o‘xshaydi....!
Bir samolyotga yangi styuardessa ishga kiribdi. Parvoz paytida ikki uchuvchi gaplashib qolishibdi:
— Bu yangi styuardessaning qomati qanaqa ekan?
— Unga qaraganda ming marta o‘zimning xotinimni qomati chiroyli, - debdi birinchi uchuvchi.
Shunda ikkinchi uchuvchi:
— To‘g‘ri aytasan! Unga qaraganda ming marta sening xotiningni qomati chiroyli, - dermish.
— Do‘stim, katta-katta konsertlarga qanday qilib bepul kirib chiqasiz?
— Chipta tekshirayotgan odamning yonidan orqa tarafga yurib o‘tib ketaman. U meni tashqariga chiqib ketyapti deb o‘ylaydi.
Bir yigit ziqna do‘stidan qarz so‘rabdi:
— Eng yaqin do‘stingga ozroq pul berib tura olarmiding?
— Albatta! Ammo meni umuman yaqin do‘stim yo‘q!
Ideal insonni izlamang. Bugun manda dam olish kuni. Uydaman...
Har bir ayol ichida yana bir xonim yashaydi, biroq sizni u bilan keyinroq tanishtirishadi...
Baliq do‘koniga kirib kattakon laqqa baliqni sotib olgan xaridor sotuvchiga debdi:
— Iltimos, shu baliqni peshtaxtaning narigi yog‘ida turib, menga otsangiz, men uni ilib olaman.
— Nega? – hayron bo‘lib so‘rabdi sotuvchi.
— Shunda men do‘stlarimga “Baliqni o‘zim tutdim!” deb bemalol maqtangan bo‘lardim-da, - dermish xaridor.
Bir erkakning do‘stiga aytib bergan voqeasi:
— Bilasanmi do‘stim, yoshi kattalarning maslahatiga kirib bir ish qilgandim.
— Nima ish ekan u?
— Xotinimning baqir-chaqiri, gap-so‘zlarini bu qulog‘im bilan eshitib, unisidan chiqarib yuborishni o‘rganib olgan edim.
— Xo‘sh qalay? Foydasi bo‘ldimi? Qulog‘ing ancha tinchigandir-a?!
— Nimasini aytasan!? Xotinimni baqir-chaqiriga e’tibor bermay yuraveribman... U bo‘lsa, hammom eshigini ocha olmay, ichkarida ancha kun qulflanib qolib ketibdi.
Ko‘chada ketayotgan qizga kelishgan bir yigit “gap otibdi”:
— Yaxshi qiz, dam olish kunlari bo‘shmisiz?
Qiz nozlanib:
— Ha, - debdi.
Yigit bo‘lsa:
— Go‘zallik saloniga borib tursangiz bo‘lmaydimi?! – degan ekan.
— Salom yaxshi qiz! Ismingiz nima? Tanishsak bo‘ladimi?
— Yo‘q!
— Aytaqoling...
— Yosh bolamisiz!? Yo‘q dedim-ku!
— Men sizni bir ko‘rishda sevib qoldim. Siz bilan baxtli hayot qurmoqchiman!
— Mayli, ismim – Zarina.
— Yosh bolamisiz?! Aldasam ham ishonaverasiz...