Kobra ilon o‘zini bolasiga debdi:
— Bizni zaharimiz judayam kuchli. U istagan mavjudodni o‘ldiradi.
Bolasi debdi:
— Oyi, unda men o‘ldim! Hozirgina tilimni tishlab oldim.
Ovchilar bir-biriga o‘ljasini maqtana boshlashibdi:
— Katta ayiq ovladim, - debdi yosh ovchi.
— Qanday ovlading? - so‘rabdi ovchilar undan.
— Birinchi o‘qni otdim, tegmadi. Ikkinchi o‘qni otdim, yana tegmadi. Uchinchi o‘qni ham otdim. U ham tegmadi, - debdi.
— Unda qanday qilib ayiqni o‘ldirding? - deyishsa, yosh ovchi:
— Ayiq kulaverib o‘zi o‘lib qoldi, - dermish.
Karantindan oldin labimni boteks qildirgan edim.
Bu maskani dastidan labimni ham berkitib yuribman!
Harbiy xizmatga kelgan askarlardan komandir so‘radi:
— Mana, bugun sizlar uchun harbiy xizmatdagi birinchi kun. Sizlarni har xil ishlarga taqsimlaymiz.
Oralaringda biron nima pishirishni biladiganlar bormi?
— Men.
— Qayerda ishlagansan?
— Zavodda.
— Nima pishirgansan?
— Asfalt.
Mashina yo‘lida odamlar to‘planib turishsa, o‘tib ketayotgan kampir:
— Nima bo‘ldi? - deb so‘rabdi.
Shu yerda turgan odam:
— Bir talabani mashina urib ketibdi, - debdi.
Kampir xotirjam turib debdi:
— Hayriyat-yey! Men odamni urib ketibdimi debman...

— Oyi, bugun adam zinadan yiqilib tushib yomon so‘zlarni aytdi.
— Nima dedi? Yomon so‘zlarni aytmasdan gapirib beraqol.
— Unda indamadilar.

Yaponiyaning Toyota kompaniyasi direktori bilan Asaka mashina zavodi direktori uchrashib qolibdi.
Toyota direktoridan o‘zbek direktori so‘rabdi:
— Sizlarni zavodingizda nechta injener ishlaydi?
— 7 nafar, - debdi yapon.
— Sizlarda-chi? - deb so‘rabdi u ham.
Asakalik akaxon ichida:
"Hozir menda 80 ta injener ishlashini aytsam, g‘alati bo‘lmasinmikin?!" - deb, 6 ta ishlaydi, - deb qo‘yaqolibdi.
Ertasi kuni Toyota direktorini ko‘rsa, ko‘zlari qizarib ketgan emish.
Asaka zavodini rahbari:
— Sizga nima bo‘ldi? - deb so‘rasa, yapon:
— Kechasi bilan uxlamay o‘ylab chiqdim. 7-injenerim nima ish qilyapti ekan deb, - dermish.
Uyda o‘tirgan paytim uyda "Kel, shu o‘tirishimda esda qolarli bir ish qilay!" dedim-da, uyda o‘tirish bo‘yicha rekord o‘rnatdim.
Tasavvur qilyapsizmi? Agar hozir umumxalq hashari e’lon qilinsa, nechi minglab odamlar ko‘chaga otilib chiqishadi?!
Karantin davrida insonlar kitob o‘qish, sport bilan shug‘ullanish va o‘z ustida ishlashi uchun vaqtlari yo‘qligi bor-yo‘g‘i ularning bir bahonasi ekanini isbotlab berdi.