Qizaloq:
— Adajon, muzqaymoq olib bering.
Ota:
— Yo‘q qizim! Muzqaymoqqa pulimiz yetmaydi.
Qizaloq:
— Nimaga yetadi unda?
Ota:
— Faqat go‘shtga yetadi!
Bog‘dagi daraxtlardan olma o‘g‘rilyotgan bolakay qo‘lga tushib qolibdi.
— Hozir men senga o‘g‘rilik qilishni o‘rgatib qo‘yman!!! – deb bog‘bon bolani quvlab ketayotsa, bolakay shartta to‘xtab:
— Iltimos amaki, o‘rgating. 3-martta qo‘lga tushishim. Hecham o‘rgana olmayapman bildirmay olmalarni olishni, - dermish.
Bolaligimizda kattalar bizga “Katta bo‘lsang aytib beraman” deyishar edi.
Kimgadir biror narsani aytib berishdimi kattalar?
— Do you speak English?
— Men-mi? Ha, shunaqa-yam speak qilaman-ki, ko‘rsangiz do deb yuborasiz...
Ikki doktor gaplashyapti:
— Nega siz bemorlaringizni chala davolab, uyga javob beryapsiz?
— Axir men yarim stavkadaman-ku!
Telefon qo‘ng‘irog‘i jiringladi:
— Allo?
— Allo. Men morgga tushdimmi?
— Yo‘q. Hozircha bu yerga faqat qo‘ng‘iroq qilyapsiz.
Mahallada 20 ta xotin gaplashib o‘tirsa, bir kishi yangi mashina haydab kelib debdi:
— Qaysi biringizni telefoningizda qaynonangizni rasmi bo‘lsa, shu mashina o‘shaniki bo‘ladi.
Afsuski, mashinani hech kim ololmabdi.
Uzoq vaqt uchrashmagan do‘stlar:
— Salom do‘stim! O‘zgarib ketibsan. Nima ish qilyapsan?
— Menmi? Tadbirkorman.
— Tadbirkor? O‘x-o‘, zo‘r-ku! Aynan qanday tadbirkorsan?
— Och qolmaslik chora-tadbirlarini qidirib topaman.
Irim-sirimlarga ishonasizmi?
Xotin uydan chiqsa, pul ketarmish...
Bir yosh cho‘pon o‘rtog‘iga qarab debdi:
— Agar nechta qo‘yim borligini aytsang, ikkalasini ham senga beraman.