Afandi vafot etibdi. Farishtalar uning savoblar va gunohlarini tarozida o‘lchab ko‘rsa, ikkalasi ham teng ekan. Farishtalar so‘rabdi:
— Qayoqqa tushmoqchisan? Jannatgami yo do‘zaxgami? Shunda afandi jannatga qarabdi. Hamma shaxmat, shashka o‘ynab o‘tirgan ekan. Keyin do‘zaxga qarabdi. U yerda diskoteka bo‘layotgan ekan. Afandi:
— Jannatga kirsam, zerikaman. Mayli do‘zaxga kira qolay, – deb do‘zaxga kiribdi. Kirishi bilan hamma bir-birini urayotgan ekan.
Afandi farishtalardan:
— Nega bunday bo‘ldi? – deb so‘rasa, farishta:
— Bu reklama edi! – degan ekan.
— Adasi, yana ovqat yeysizmi?
— Ha, albatta. Axir shuncha mehnatim ketgan.
— Qanaqa mehnat? Ovqatni men tayyorladim-ku?!
— Men xotin tanlashga deyapman.
Ikkita turli millatdagi zoolog olimlar gaplashib qolibdi:
— Biz laqqa baliqni sigir bilan chatishtirdik. Zo‘r natija berdi. Endi sigirlarimiz ham sut, ham yog‘ berishmoqda.
— Biz esa chumolilarni tarvuz bilan chatishtirdik. Endi tarvuzni so‘ysak, danaklarini o‘zi tashqariga o‘rmalab chiqib ketishmoqda.
Bir yosh jurnalist dehqondan so‘rabdi:
— Eng yaxshi hayvon qaysi?
Dehqon javob beribdi:
— It!
— Nimaga? – debdi yana jurnalist.
— Chunki it yerimga kirib olib, intervyu olaman deb oyog‘ini ostidagi ekinlarimni payhon qilmaydi! – degan ekan dehqon.
Bir kuni chumoli filga bir gap aytgan ekan, fil kulaverib “ichagi uzilibdi”!
Hayvonlar chumolidan so‘rashibdi:
— Filga nima deding?
— Meni etigimni kiyib olganingni bilaman! O‘zing joyiga qo‘yib qo‘y! – debdi.
Hozirgi zamonda yigitlar nega kech uylanayotganini sababini bilasizmi?
Sababi, 28 yoshli yigitlar 18 yoshli qizlardan ham yosh koʻrinishadi.
Xotin eriga debdi:
— Men qanday ayol boʻlsam, yonimdan bir zum ham ketmas edingiz?
Er oʻylanib turib javob beribdi:
— Pastki qavatdagi ayolga oʻxshagan boʻlsang...
Xotini:
— Qanaqa ayol ekan u? – desa, eri:
— Soqov ayol bor-ku...! – degan ekan.
Qamoqxonaga yangi mahbusni olib kelishibdi.
Boshqa mahbuslar undan:
— Seni nega qamashdi? – deb so‘rashsa, yangi mahbus:
— Men qayoqdan bilib o‘tiribman, Amerikada ham huddi men chiqarayotgan pullardan chiqarayotganligini??? – degan ekan.
Maktabda o‘quvchilarga birinchi tibbiy yordam kӯrsatish usullari o‘rgatilyapti.
Muallima:
— Xo‘sh, Eshmatov, agar uch yashar ukang uy kalitini yutib yuborgan bo‘lsa, qanday yo‘l tutarding?
— Uyga derazadan oshib kirardim.
Bir kal odam boshidan burga ushlab olibdi.
— Meni boshimda nima qilasan? Sochi borlarni boshiga kirsang bo‘lmaydimi?! – debdi kal.
Burga unga qarab:
— Men konki uchayotgandim-da, - dermish.