Choyxonada oshxo‘rlik qilib o‘tirgan Afandiga bir tanishi debdi:
— Uyingizga o‘t ketdi, tez boring!!!
— E, yo‘q! Biz xotinim bilan ishlarni bo‘lishib olganmiz. Men pul topib boraman. Xotinim uydagi ishlarga qaraydi. Bor o‘ziga ayt!
Birinchi sinf o‘quvchisiga onasi dars qildiryapti:
— Senda to‘rtta olma bor edi. Ikkitasini yeding. Nechta qoladi?
— Ikkita olma va ikkita olmaning po‘chog‘i, oyijon...!
Yirik bankda ish qizg‘in ketmoqda. Bir payt niqobli odamlar, qurollari bilan bank eshigidan baqirib kirib kelishibdi:
— Yotinglar, qimirlamanglar, hech narsaga qo‘l tekkizmang!!! Bu bosqinchilik!
Shunda bank raisi boshini ko‘tarib mamnun ovozda:
— Xudoga shukur-yey, men soliq qo‘mitasidagilar deb o‘ylabman-a! – dermish.
Divanda futbol ko‘rib yotgan otasiga o‘g‘li debdi:
— Adajon, shirin choy ichaman...
Otasi ayyorlik ishlatmoqchi bo‘lib:
— Men ham ichaman... Kel, men senga tayyorlayman, sen esa menga, - debdi.
O‘g‘li shirin choy ko‘tarib kelib:
— Adajon, mana choyingiz! Meniki qani? - desa, otasi:
— Ichgim kelmay qoldi, shuni o‘zing ichaver!!! - dermish.
General timsoh etik kiyishni istab qolibdi. Qo‘mondon iltimosi, uning buyrug‘idan ham qat’iy ekanligini bilgan shtab boshlig‘i maxsus rotalardan birini Nil daryosining sohiliga desant sifatida tashlashni buyuribdi.
Kun, hafta, oy o‘tibdi-ki, rotadan xabar yo‘q.
Nihoyat, generalning o‘zi daryoning desant tashlangan joyidan qalqib chiqibdi. Qarasa sohil timsoh o‘ligiga to‘lib-toshgan. Shu fursatda suv yuzasida navbatdagi timsohning boshi ko‘rinibdi. Desantchilardan biri qo‘lidagi dubulg‘asi bilan timsohning boshiga qattiq zarb berib, tanasini qirg‘oqqa olib chiqibdi.
— O‘rtoq kapitan! - qichqiribdi guruh komandiri, - Bunisi ham etiksiz!
— Hoy, nodonlar, necha marotaba aytish kerak sizlarga, sekinroq uringlar, deb!? Bunaqa zarbadan oyog‘idagi etigi uchib chiqib ketyapti-ku!
Bir aroqxo‘rning ichgisi kelib ko‘chaga chiqibdi. Hamma do‘konlar berk ekan. Nima qilishini bilmay tursa, notanish kampir unga qarab imlabdi.
Yaqinroq borsa, kampir unga bir shisha aroq ko‘rsatibdi:
— O-xo, buvijon, aroq necha pul?
— Uch ming besh yuz so‘m. Agar yana ichging kelsa, manavi raqamga telefon qil!
Piyonista aroqni uyiga olib kelib ichib ko‘rsa, oddiy suv!
Rosa jahli chiqib, kampir bergan raqamga qo‘ng‘irok qilibdi.
U yokdan ovoz eshitilibdi:
— Shahar suv oqova tarmog‘i eshitadi...
Ikkita bit barga kirib rosa ichishibdi. Kayf bo‘lib qolishgach, ko‘chaga chiqishib, bekatni oldida to‘xtashibdi. Shunda biri sherigidan so‘rabdi:
— Nima qilamiz? Piyoda ketaveramizmi yoki itni kutamizmi?
Ovchilar guruhi yosh yigitni ishga olishibdi.
— Qayerni bitirgansan? Miltiqdan otishni bilasanmi? - so‘rashibdi undan ovchilar.
— Vestminsterni bitirganman! Miltiqdan otishni bilaman, - debdi yosh yigit.
— Bugun ayiq ovlashga boramiz. Yodingda bo‘lsan, ayiqni ko‘rishing bilan shtab tomonga qochasan. Ayiq seni quvlaydi. Shtabga yetib kelganda o‘q uzasan! - debdi ovchilar boshlig‘i.
— Xo‘p, - debdi yigit.
Ov boshlanibdi. Ayiqni ko‘rgan yigit qocha boshlabdi. Ayiq uni quvlabdi. Lekin yuguraverib charchagan yigit ayiq tomonga o‘girilib, shartta uni otib tashlabdi.
Buni ko‘rgan ovchilar boshlig‘i:
— Aqlli ekansan! Nishonga ham yaxshi olarkansan! Lekin yugurishing yomon! Endi shtabgacha ayiqni o‘zing sudrab ketishingga to‘g‘ri keladi! - degan ekan.
Yigit qizga sms yozayapti:
— Shalom shevgilim! Yaxshimisan?
Qiz hayron bo‘lib:
— Jonim, nega "s" harfini o‘rniga "sh" harfini yozayapsiz?
— Og‘zimda nosim bor-da, ashalim!
Nega uyali aloqa operatorlari "Telefon xizmat ko‘rsatish doirasidan tashqarida" degan so‘zni 3 tilda gapirishadi???
Baribir hammamiz birinchisini eshitiboq, go‘shakni joyiga qo‘yamiz-ku...!