Ikki do‘st suhbati:
— Sen 22 dekabr kuni qaysi deputatlarga ovoz bermoqchisan?
— Senga ovoz bersammikan?!
— Nima? Qanaqasiga? Mumkin emas-ku!
— Ha, endi... Har holda seni taniyman-da...!
Sudya:
— Nega siz nuqul kunduz kuni o‘g‘irlik qilgansiz?
Ayblanuvchi:
— Kechasi ko‘p pul bilan yurishga qo‘rqaman-da.
Bir yigit Rossiyada yashashni boshlabdi. U rus tilini yaxshi bilarkanu, biroq “ikki” ya’ni “dva” so‘zini bilmas ekan. Bir kuni non olish uchun magazinga kiribdi. U ikkita non olishi kerak, lekin “ikki” so‘zini bilmaydi. Uchta ola qolay desa, bisotida ikkita nonga yetadigan puli bor xolos. Bir dona olsa, kamlik qiladi. Nima qilishini bilmasdan u yoqqa, bu yoqqa yurarmish. Buni ko‘rgan sotuvchi hayron bo‘lib:
— Chego vam nado? – desa, yigit o‘ylanib:
— Tri xleba, odin nenado! – degan ekan.
Ichki ishlar bo‘limiga kelgan erkak militsiya xodimiga murojat qildi:
— Tunda bizning uyga o‘g‘rilikka kirgan jinoyatchi bilan gaplashsam bo‘ladimi?
— Nimani gaplashasiz?
— Xotinimga bildirmay tunda qanday qilib uyimizga kirganini so‘rab olmoqchiman.
Quyon o‘rmondan ketayotsa, yo‘lda arslon yotganmish.
— Nima qilib yotibsiz bu yerda? – so‘rabdi quyon.
— Dam olib yotibman, - debdi arslon.
Quyon ortiga qaytib kelayotsa, arslon haliyam o‘sha yerda yotibdi...
Hayron bo‘lib undan yana so‘rabdi:
— Haliyam yotibsizmi? Nima qilyapsiz o‘zi bu yerda?
Arslon chiday olmay yig‘lab debdi:
— Qopqonga tushib qolganman. Yordam ber!
Quyon:
— Nariroq yotsang bo‘lmaydimi!? – deb arslonni bir tepib o‘tib ketgan ekan.
Afandi uyiga usta chaqirib ustaga:
— Sizni qo‘li gul usta deb eshitdim. Hattoki, yo‘qdan bor qilar ekansiz. Meni bir sigirim bor. Unga boshpana qurib bersangiz. Faqat bitta shiferim bor. Nima qilamiz usta, iloji bormi?
Bir kuni tepakal odam sartaroshxonaga kiribdi. Sartarosh sochni kaltalatib bo‘lgach, ish haqqini 2 baravar qimmat aytibdi.
Jahli chiqqan mijoz:
— Nega buncha qimmat? Axir boshimda sochim juda ham kam-ku!? – desa, sartarosh:
— Hamma gap shunda-da! Bu kal boshingizdan sochni qidirib topish oson bo‘ldi deysizmi menga!?
Bir odam “Korrupsiyaga qarshi kurash” bo‘limiga kirib debdi:
— Menga korrupsiyani yo‘q qilib bersangiz!
U yerdagilar bo‘lsa:
— Mayli. Qancha berasan? – degan ekan.
Bir odam do‘stidan qarzga pul so‘rabdi.
Do‘sti unga:
— Pulni nima qilasan? – desa, haligi odam:
— Davolanaman. Tilim sinib qoldi. Tilimni gips qildirishim kerak, - dermish.
Bir o‘zbek futbolchimizdan so‘rashibdi:
— Nega o‘yin vaqtida buncha ko‘p gapirasiz?
U debdi:
— O‘yinchilarimiz chet tilini bilmaydi. Shuning uchun raqiblarimiz qanday taktika qo‘llab o‘ynayotganini ularga tushuntiraman.