Bir o‘zbek futbolchimizdan so‘rashibdi:
— Nega o‘yin vaqtida buncha ko‘p gapirasiz?
U debdi:
— O‘yinchilarimiz chet tilini bilmaydi. Shuning uchun raqiblarimiz qanday taktika qo‘llab o‘ynayotganini ularga tushuntiraman.
Avtobus o‘rindig‘ida qo‘liga qadah bilan aroq shishasini ushlab o‘tirgan mast yo‘lovchini yoniga chiptachi ayol kelib debdi:
— Yo‘l haqi uchun qani?!
Mast odam birdan xursand bo‘lib:
— Ana! Topdim! Yo‘l haqi uchun, mana oldik! – deb qadahdagi aroqni ichib yuboribdi.
Jarima – bu to‘g‘ri yo‘l tutmaganing uchun to‘lovingdir.
Soliqlar esa to‘g‘ri yo‘l tutayotganing uchun to‘loving bo‘ladi...
— Do‘stim, nega kayfiyating yo‘q?
— E, ko‘rmaysanmi! Benzin yana oshibdi.
— Senga nima? Axir seni mashinang yo‘q-ku!
— Mashinam bo‘lmasa ham, Zippo zajigalkam bor-ku! Unga benzinni kim quyadi!?
Yangi kelin-kuyov chimildiqda o‘tirganmish. Kuyov barmog‘idagi uzukni aylantirib o‘tirgan ekan, kelinni sabri tugab:
— Siz boshqa ishni ham bilasizmi? – desa, kuyov:
— Bilaman. Uzukni narigi tarafga ham aylantira olaman - debdi.
— Oddiy askar Holdorov!
— Men, o‘rtoq komandir!
— Nega formangizni yoqasi tikilmagan?
— Bu sizni qiziqtirmasin! O‘zim bilaman!
— Oddiy askar Holdorov. Komandir bilan qanday gaplashyapsiz?! Nega formangizni yoqasi tikilmagan deb so‘radim sizdan...
— Men tikishni bilmayman.
— Bu meni qiziqtirmaydi!
— Men ham aytyapman-ku, bu sizni qiziqtirmasin deb!
Vrach bemorga debdi:
— Ho‘sh bemor, ertadan boshlab spirtli ichimliklar, tamaki va yog‘li ovqatlardan voz kechasiz.
— Nima uchun? Sog‘lig‘imga to‘g‘ri kelmaydimi? – so‘rabdi bemor.
— Yo‘q! Hozir kassaga borib xizmat haqqini to‘lab kelsangiz, bunga imkoniyatingiz qolmaydi... – dermish vrach.
Bir kuni bodring bilan pomidor cho‘milgani boribdi. Karamni ham ularga havasi kelib:
— Men ham cho‘milsam bo‘ladimi? – debdi.
— Mayli, faqat kiyimlaringni yechib cho‘mil! – debdi bodring.
Karam yechinaverib-yechinaverib, yo‘qolib qolgan ekan.
Vrach bemorga dedi:
— Sizning kasallik varaqangizni ko‘zdan kechirib, qo‘rqib ketdim.
— Nega? Yomon dardga chalinibmanmi?
— Undan ham battar!
Bemor hushdan ketib yiqila boshlagandi, vrach qo‘shib qo‘ydi:
— O‘zingizni bosing! Siz yashaydigan tumandagi bemorlarga bizning poliklinika xizmat ko‘rsatmas ekan, xolos.
— Styuardessa, nimaga samolyot silkinib uchyapti?
— Kim aytdi sizga uchyapmiz deb?! Samolyotimiz nosoz ekan. Samarqandgacha 300 kilometr, yerda yurib yetib olishga qaror qildik.