Samolyotda uchuvchi yo‘lovchilarga ekipaj xonasidan turib radioda gapiryapti:
— Biz balandlikka ko‘tarilib bo‘ldik. Manzilimizga yetib borishga qadar 2 kun qoldi. Sizga yoqimli parvoz tilaymiz, dedida mikrofonni o‘chirish esdan chiqib qoldi va dedi:
— Mana, teppagayam ko‘tarilvoldik hozir bitta kofeni ichamanda styuardessani quchoqlab yotaman, - debdi.
Buni eshitgan styuardessa uyatdan qizarib ketibdi. Yo‘lovchilar ham hayron. Shunda o‘sha styuardessa mikrofonni o‘chirishni aytish uchun ekipajlar xonasi tomon yugurdi. Yugurib ketayotib bir cholning oyog‘iga qoqilib yiqilib tushdi. O‘rnidan tursa anavi chol:
— Qizim, buncha shoshmasang hali kofesini ichib bo‘lmadiku, - dermish.
Ayol sud ajrim komissiyasi xodimiga eridan arz qilyapti:
— Erimdan to‘ydim, ajrashaman.
— Ajrashishga biror sabab ko‘rsatishingiz kerak.
— Erim dangasa yalqov, hech qayerda ishlamaydi. Mani topgan pulimga kun ko‘radi, alkash.
— Eringizni shunaqaligini bilib, nega turmushga chiqqansiz?
— Ahmoq, befahm ekanman!!!
— Ko‘rdingizmi, ahmoq bo‘lsangiz ham sizni xotinlikka olibdi. Demak eringiz yaxshi odam.
Samarqandlik bir opaxon magazindan shifoner olib kelib, uyiga joylashtiribdi.
Opaning ko‘chasidan tramvay o‘tar ekan, tramvay har o‘tganda shifonerni eshigi ochilib ketaveribdi. Opaxon xunob bo‘lib, qo‘shni usta amakini aytib chiqib, tuzatib berishini so‘rabdi.
Usta sababini bilish uchun shifoner ichiga kirib o‘tirsa, aksiga olib opaning eri kelib qolibdi.
Yangi shifonerni ko‘rib, eshigini ochib qarasa ichida qo‘shni amaki o‘tiribdi.
Shunda er achchig‘i chiqib:
— Hoy, ablah! Birovning yotoqxonasida, shifonerni ichida nima qilib o‘tiribsan?, - desa.
Usta:
— E, qo‘shnijon aytsam baribir ishonmaysiz, tramvay kelishini kutib o‘tiribman, - dermish.
Ona quyon ovchini ko‘rib bolalariga dedi:
— Qani quloqlaringni yopinglar.
— Nega, miltiq ovozidan qo‘rqmaymiz-ku.
— Miltiq uchun emas. Hozir bu ovchi otadi, keyin o‘qi qiya ketgani uchun uyat gaplarni aytib so‘kinadi, - dermish.
Yaxshi buxgalterni topish ancha mushkul masala. Mana masalan, Vera Pavlovna, 10 yildan beri qidiruvda.
Afandi har doim Boyvachchani mot qilar ekan. Mot bo‘lishdan zerikkan boy xotinidan maslaxat so‘rabdi.
Xotini:
— Hamma kazo-kazolarni samovorda osh qilib chaqiring. Afandini 10daqiqa kechroqqa aytasiz. Afandi kelganida hammani oldida:
— "Afandi tursigimi yuvib qo‘ydizmi?" - desangiz mot bo‘ladi.
Boy xotini aytganidek qilibdi. Hamma o‘tirgan vaqtda Afandi kirib kelishiga, Boy turib:
— Afandi tursigimmi yuvib qo‘ydingizmi? — desa
Afandi:
— Iya, yana siyib qo‘ydingizmi? — dermish.
Ishyoqmas, tekintamok, dangasa odamlar uchun 8 qoida:
1 — Yotadigan krovatingni o‘zingni sevganingdek sev.
2 — Kimdir dam olayotganini ko‘rsang, albatta, yordamga oshiq.
3 — Ish - mukaddas narsa, unga tega ko‘rma!
4 — Qaysidir ishni ertaga qoldirish mumkin bo‘lsa, uni aslo bugun bajarma!
5 — Ishlaganlar sog‘lom bo‘ladi, deyishadi, demak, bemorlarga ish qoldirish kerak, ular sog‘ayishsin.
6 — To‘satdan ishlaging kelib qolsa, shoshilma. Chuqur nafas ol, o‘tib ketadi.
7 — Aslo unutma, ish baribir tugamaydi!!!
8 — Agar ko‘p ishlash bilan millioner bo‘lish mumkin bo‘lganda edi, unda hamma ishchilar boyib ketgan bo‘lar edi.
Bayram arafasida er xotiniga tinmay tirjaya boshladi:
— Dadasi, nima gap, namuncha menga qarab tirjayasiz?
— E, xotin! Kecha televizorda "Agar xotiningizga bayramga sovg‘a sotib ololmasangiz, tabassum qiling", deyishdi.
— Yigit,— dedi Afandi qo‘lida ishlaydigan xodimlardan biriga,— ustingdan shikoyat tushdi, seni ko‘p xotinlikda ayblashibdi.
— Tuhmat, kim yozibdi? — ko‘zini olaytirdi xodim.
— Xotining.
— Qaysi biri? — deb yuborganini bilmay qoldi xodim.
— Oyi, men ko‘chani aylanib kelaman.
— Kim bilan? Qayerga borasan? Qachon kelasan?
— Dada, men ko‘chani aylanib kelaman.
— Yaxshi.