Qiz va yigit uchrashuvda:
— Sizni yaxshi odatlaringiz nimada? – so‘rabdi yigit.
— Men umuman ovqat tanlamayman, - debdi qiz.
— Xafa bo‘lmasangiz, yomon odatlaringizni ham bilsam... – debdi yana yigit.
— Ovqat qilishni umuman bilmayman, - degan ekan qiz.
Mehnat va bandlik vazirligiga qo‘ng‘iroq qilib tusha olmayapman. Band ekanlar!
— Sizning hozirgi moddiy ahvolingiz?
— Do‘konlarga isinib olish uchun kiryapman...
Bankomat oldida:⠀
— Qizim hozir plastikdan pul yechamiz va senga shokolad olib beraman, - debdi onasi.
— Oyijon, buni ichida dadam bormilar? – dermish qizi.
Afandi vrach bo‘lib ishlar ekan.
Bir yigitni boshi og‘rib Afandini yoniga borib debdi:
— Boshim og‘riyapti, - desa, Afandi uni orqasiga ukol qilib qo‘yibdi. Yigit:
— Nega boshim og‘risa, orqamga ukol qildingiz? – deb so‘rabdi.
Afandi:
— Shu ukol boshinggacha chiqib boradi, - dermish.
Bir kuni o‘smir yigit bekatda sigaret chekib o‘tirsa, yonidagi qari otaxon unga qarab debdi:
— Chekma bolam! Bu sendan ko‘ra atrofingdagilarga ko‘proq zararli!
Shunda yigit sigaretni otaxonga uzatib:
— Unda siz cheking, - dermish.
Futbol maydoni. Tanaffus paytida e’lon berilibdi. Hurmatli tomoshabinlar kimni yonida, telefonida qaynotasini rasmi bo‘lsa maydonga chiqsin. Bu kishiga eng oxirgi markadagi mashina beriladi. Afsuski, mashinaga hech kim ega bo‘lmabdi.
Bemorni ko‘zdan kechirgan vrach uning xotinini bir chetga imlab chaqiribdi-da debdi:
— Negadir eringiz menga yoqmayapti...
Xotini unga:
— Menga ham yoqmaydi. Lekin nima qilay, juda ro‘zg‘orbop er-da!? – dermish.
Milliarder Roman Abramovich jangari va detektiv filmlarni tomosha qilishni yoqtirmaydi. Chunki u arzimagan 10 million dollar uchun bir-birini o‘ldirishga tayyor bo‘lgan odamlarni umuman tushunmaydi.
Ikki futbol muhlisining suhbati:
— Bilasanmi, bokschilarimiz zo‘rda! Hech kim ularni yenga olmaydi. Ularni futbol maydoniga tushirsakmikan?!
— Ahmoqmisan? Ular futbol o‘ynashni bilmaydiku!?
— Nima farqi bor? Futbolchilarimiz ham bilmaydi...