Yaqinda turmushga chiqqan qiz onasiga qo‘ng‘iroq qilibdi:
— Kuyovingiz bilan janjallashib qoldim…Dahshat, endi nima qilaman?
— O‘zingni bos qizim, yangi turmushda bunaqasi bo‘lib turadi!
— Buni-ku yaxshi bilaman oyi, murdani nima qilay?!
Xotin radioga telefon qilyapti:
— Allo - bu radiomi?
— Ha, siz radioga tushdingiz. Kimga qanday qo‘shiq qo‘yib berishimizni xohlaysiz?
— Iltimos, yarim kechasi mast bo‘lib o‘ynashinikiga borgan va o‘ynashining eridan o‘lguday kaltak yeb qovurg‘alari sinib hozir kasalxonaning reanimatsiya bo‘limida yotgan erim uchun "MANA SENGA O‘ShA KAYF" qo‘shig‘ini qo‘yib bersangiz.
Institutda dars beradigan domla kasal bo‘lib qolibdi. Domlani bir talaba ko‘rgani kelibdi.
Talaba:
— Ha, domla nima bo‘ldi? Itdek ozib ketibsizku!
Domlani bu gapdan keyin battar mazasi qochibdi.
Keyin yana bir talaba domlani ko‘rgani kelibdi. Domla ikkinchi kelgan talabaga, birinchisini yomonlab ketibdi. Qara men o‘zim o‘qitib, talim bergan shogirdim meni itga tenglashtirdi.
Ikkinchi talaba:
— Eh, domla hafa bo‘lmang. Yaxshi bo‘lib sog‘ayib ketasiz, cho‘chqaday semirib ketasiz hali.
Domla avvalgidan ham battar bo‘lib qolibdi.
Keyin domlani eng yaqin do‘sti kelibdi. Keyin domla do‘stiga talabalarni ikkisini ham yomonlabdi:
— Ey do‘stim, men o‘zim o‘qitib odam qilgan shogirdlarimni qara, bittasi itga, ikkinchisi cho‘chqaga tenglashtirdi nomardlar!
Bu gaplarni eshitib do‘stini jahli chiqib ketdi:
— Do‘stim, sen umuman ko‘nglinga olma. Bu ikkala shogirding ham aslida odamdan emas, eshakdan ta’lim olgan ekan!
Bir yosh bolakay ko‘p qavatli uylar oldida xafa bo‘lib o‘tirgan ekan, maktab yoshidagi bir bolakay yoniga kelib:
— Nima qilib o‘tiribsan? - deya gap boshlabdi.
— Uf, zerikib ketdim! - debdi yosh bolakay.
— Kel, unda zoopark-zoopark o‘ynaymiz?
— A, u qanaqa o‘yin? Men bilmayman-ku?!
— Bu judayam oson: Men maymun bo‘laman, sen esa menga banan olib kelasan!
— Qanaqa odamsiz o‘zi? Yana ertalab soat 5da ichib keldizmi?
— Nima qilibdi xotin? Oilam bollarim bilan birga nonushta qilaman deb kelsam buni nimasi yomon?
Men 7 yil ichmadim, chekmadim, qizlar bilan yurmadim, birinchi sinfga bordimu aynidim!!!!
Afandi ikki og‘aynisi bilan ovga chiqibdi. Buni qarangki ularning yoniga bir sehrgar kelib:
— Tila tilagingni, agar bajo aylasam, seni joningni olaman, bajo aylay olmasam senga bitmas tugalmas xazina beraman, - debdi.
Shunda Afandining birinchi og‘aynisi:
— Suvdagi baliqni olib ber, - debdi.
Sehrgar buni amalga oshiribdi va uning jonini olibdi.
Navbat Afandining ikkinchi og‘aynisiga yetib kelibdi.
Ikkinchi og‘aynisi:
— Uchib ketayotgan qushni so‘rabdi.
Sehrgar bu tilakni ham amalga oshiribdi va uning jonini olibdi.
Navbat endi Afandiga kelganida, afandi nima deyishni bilmay, havoni buzibdi va shunday debdi:
— Shu havoni menga tutib ber, - debdi.
Sehrgar bu tilakni bajo aylay olmabdi va xazinani Afandiga topshiribdi.
Sudya sudlanuvchidan so‘radi:
— Gunohsiz ekanligingizni isbotlay olasizmi?
— Albatta, faqat menga muhlat bering, - dedi aybdor.
— Xo‘p, sizga besh yil beraman.
Gai xodimi:
— Yaxshi qiz haydovchilik guvohnomangiz bormi?
— Iltimos, olib qo‘ymang, undagi suratga juda chiroyli tushganmanda...
Afandi ko‘chadan kelayotgan edi, ikki bolani uchratdi. Ulardan biri yig‘lab Afandiga arz qildi:
— Anavi bola qulog‘imni tishlab oldi.
— Yo‘q, men tishlaganim yo‘q,— dedi ikkinchi bola,— o‘z qulog‘ini o‘zi tishlab oldi.
— Bekor aytibsan,— dedi Afandi ikkinchi bolaga — bu tuyamidi o‘z qulog‘ini o‘zi tishlaydi.