Muovin boshliqqa debdi:
— Xo‘jayin, kompaniyamiz yaxshigina pul tejash yo‘lini o‘ylab topdim!
Boshliq:
— Toshmat, ishdan bo‘shashga qaror qildingmi?!
Xotin:
— Oyog‘ingizni ko‘taring, polni artib olay!
— Obbo, polniyam mening yordamimsiz yuvolmaysan-a?!
Harbiy komissariyatda tibbiy ko‘rik. Ikki egizakdan biri tekshiruvdan chiqibdi.
— Nima bo‘ldi? so‘rabdi Husan.
— Armiyaga yaroqsiz ekanman, olishmadi, - debdi Hasan.
— Unda mening o‘rnimga ham kirib chiq, armiyaga borgim kelmayapti. Hasan xo‘p deya, yana ko‘rikdan o‘tish uchun kirib ketibdi. Birozdan so‘ng chiqib dermish:
— Husan, seni armiyaga olishdi!
— Eshitdingmi, Abduraim oshnamiz kaltak yeb kasalxonada yotgan emish.
— Yo‘g‘e, o‘zim ko‘rdim, kecha kechgi payt Abduraim bitta ketvorgan qiz bilan podrushka qilib yurgandiyu, - debdi
— Ularni podrushka qilib yurganini Abduraimning xotini ham ko‘ribdi-da oshna.
Bir taksiga kiyimsiz ayol shoshib kelib o‘tirib olibdi.
Xaydovchiga qarab:
— Nega moshinani xaydamayapsan, nima meni yengiltak deb o‘ylayapsanmi?
Haydovchi:
— Yo‘l kirani qanday to‘lar ekan deb o‘ylayapman, - debdi.
Do‘stim ke chekishni tashlaymiz.
— Nimaga ?
— Pulimiz yonimizga qoladi.
— Xop, ke unda ichishniyam tashlaymiz.
— Shuncha pulni boshinga urasanmi?!
Afandi xonga g‘oz pishirib borar edi, yo‘lda korni ochib, bir oyog‘ini yeb qo‘ydi. Xon uni olib so‘radi:
— Bir oyog‘i qani?
— Bu yilgi g‘ozlarning hammasi bir oyoqli ekan,— dedi-da, Afandi suv bo‘yida bir oyog‘ini ko‘tarib dam olib turgan g‘ozlarni ko‘rsatdi. Xon tayoqni ko‘tarib po‘pisa qilgan edi, g‘ozlar ikki oyoqlab qochdi.
— Ana, oyoqlari ikkita ekan-ku,— dedi xon. Afandi pinagini buzmay javob berdi:
— Shu tayoq bilan birov sizga ham hamla qilsa, ikki oyoq u yoqda tursin, to‘rt oyoqlab qochar edingiz.
Oltin qoida: oltin kimniki bo‘lsa, qoida ham o‘shaniki.
Damas haydovchisi liftga chiqsa ham odam to‘lishini kutadi.
Qizlar sevgan yigitingiz Boy bo‘lsin, Chiroyli bo‘lsin, Aqlli bo‘lsin eng muhimi shu 3-chalasi bir-birni tanimasin.