— Qayerda eding?
— Geografiya kitobining 67-sahifasini ochsang, bilib olasan.
— 67-sahifasi yirtib olingan-ku!?
— Endi tushungandirsan qayerda bo‘lganimni?!
Xotin eriga:
— Bo‘ldi, men ketyapman.
Er:
— O‘zi anchadan beri qovoq-tumshuq qilib yurganingni sezgandim. Qayoqqa ketasan? Onangni uyiga borasanmi yana?
Xotin:
— Adasi, nimalar deyapsiz? Do‘konga ketyapman...
Er:
— Ha, shunaqami!? Qaytishingda menga ham biror narsa olib kelarsan...!
Erkaklar xotinining "Mensiz qanday yashagan bo‘lardingiz-a?!" degan doimiy savoliga shirin hayollar bilan kulib qo‘yganini sezganmisiz?
Erimni do‘konga yuborsam, do‘konlar bo‘m-bo‘sh emish. Hech narsa qolmabdi. Hatto, tualet qog‘ozi vazifasini vaqtincha gazetalar bajaradiganga o‘xshaydi.
Suvenir-shunday narsaki, uni siz o‘z shahringizda umuman xarid qilmagan bo‘lar edingiz.
Yaxshi er tongda uyqudan bitta hayol bilan uyg‘onishi kerak:
"Xotinimni kiyishga ko‘ylagi yo‘q, meni uxlab yotishimni qara! Tezroq va ko‘proq pul topib, uni xursand qilishim kerak. Odamlar aytmasin xotini yana o‘sha avval kiygan ko‘ylagini kiyibdi deb. Sharmanda bo‘lamiz-a, sharmanda!"
— Dugonajon, oxirgi uch yilda chiqgan yangi seriallarning nomini aytib yubor!
— Bolangni bog‘chaga berdingmi?
— Ha...
— Dada, tog‘dagi kiyiklar necha yil yashaydi?⠀
— Bu tog‘dagi yirtqichning qorni och-to‘qligiga bog‘liq.
Tasavvur qiling, siz tasavvur qilishni umuman bilmaysiz. Nima bo‘lishini tasavvur qilib ko‘rdingiz-a!?
Kechasi oyoqda tura olmaydigan ahvolda mast bo‘lib kelgan ota xojatxonaga kirib, o‘rindiqqa boshini qo‘yib o‘tirib olsa, hali uyquga yotmagan kichkina o‘g‘li adasini ko‘rib qolib:
— Ada, xojatga teskari o‘tirib oldingiz! - degan ekan.