Okulist vrach huzurida:
— Hurmatli bemor, yaqinda ko‘zoynaksiz kitob o‘qishni boshlaysiz.
Bemor:
— Qanaqasiga? Axir men hech narsani ko‘rmayapman-ku!
Vrach:
— Men barmoqlaringiz bilan o‘qiysiz kitobni demoqchi edim.
Katta filarmoniya konserti boshlandi.
"Hozir Shestakovichning 6-simfoniyasi yangraydi!"
Orqa qatordan erkak kishining asabiylashgan ovozi eshitilibdi:
"Ko‘rdingmi! Tezroq yursang bo‘lmaydimi?! 5 ta simfoniyani o‘tkazib yuboribmiz!"
Agar ko‘p qavatli uyda yashovchilar bir kunda bosh yuvishsa, demak ertaga issiq suvni o‘chirishadi yoki bugun issiq suv kelgan.

— Elektr energiyasi uchun to‘lagan pulingiz tugab, to‘satdan chirog‘ingiz o‘chib qolsa nima qilasiz?
— Qo‘shnilarni uyiga mo‘ralayman. Kimda yana chiroq o‘chdi ekan deb...

Agar o‘rmonda oldingizdan ayiq chiqib qolsa, bir chetga o‘tib tilanchiga o‘xshab turib oling. Ayiq ham aniq siz tarafga qaramay o‘tib ketadi.
— Mushugingni laqabi nima?
— Har doimgi laqabimi yoki kosamdagi go‘shtni o‘g‘irlab ketayotganida nima deb chaqirishimni aytaymi?
Bir yigit muzqaymoq yeb o‘tirsa, chiroyli qiz o‘tib qolibdi:
— Yaxshi qiz, chiroyli ekansiz! Tanishsak bo‘ladimi? - desa, qiz:
— Men qo‘lingizdagi muzqaymoq emasman, yaxshi gaplarga erib ketadigan, - deb o‘tib ketibdi.
Shifokor qabuliga kelgan bemordan so‘rayapti:
— Tobingiz qochgan bo‘lsa, sababi bordir? Biror surunkali dardingiz bormi?
Bemor:
— Bor doktor! Menda surunkali pul yetishmovchiligi va atrofda bo‘layotgan voqealardan vahima bor!
Ba’zi kishilar suhbat paytida siz bog‘dan kelsangiz, u padvaldan yugurib chiqadi.
Bir odamni to‘riga tilla baliq ilinibdi. Baliq tilga kirib:
— Ey odamzot, tila tilagingni, - desa, odam:
— Men hamma narsalarga ega bo‘lgan bo‘lishim kerak, - debdi.
Tilla baliq:
— Tilaging ijobat bo‘ldi. Seni hamma narsang bo‘lgan edi, - dermish.