Mashhur rasmlar ko‘rgazmasiga kirish uchun chegirma e’lon qilinibdi.
Faqat ko‘zi ojizligi to‘g‘risida guvohnomani ko‘rsatib kirish talab qilinayotgan ekan.
Avtomobilini boshqarib ketayotgan haydovchi o‘ziga-o‘zi dermish:
"Hammamiz uyda o‘tirganimizda ko‘chalarda mashinalarimiz bemalol yurardi-ya..."
Konservatoriya talabasi:
— Ustoz, men bilmoqchi edim. Ovozim hech narsaga yaramaydimi?
Ustoz:
— Yaraydi. Masalan, yong‘in chiqganda.
Bir yigit do‘stidan qarz so‘rabdi:
— Do‘stim, 200 ming qarz berib tur!
— Mayli, oyni oxirida qaytarasan! - debdi do‘sti.
— Qanaqa qilib qaytaraman.
— Olganingdan keyin qaytarasan-da! - debdi yana do‘sti.
— Unda oyni oxirida qarzimni qaytarishim uchun pul berib turarsan, - dermish yigit.
— Oylik maoshing kattami?
— Ha. Ko‘p maosh olaman. Hamma soliqlarni to‘lashimga yetadi.
Talaba kafega kirib o‘tirsa, stolga qo‘yilgan tuz va murchga ko‘zi tushibdi. Ofitsiantni chaqirib:
— Nimaga stolga tuz qo‘ygansizlar? – deb so‘rasa, ofitsiant:
— Agar yeyayotgan ovqatingizni tuzi kam bo‘lsa solish uchun, - debdi.
Talaba bo‘lsa:
— Unda nega ovqat qo‘ymagansizlar? – degan ekan.
Bugun o‘zimni yomon his qilyapman. Kuchim, madorim yo‘q.
Umuman emas albatta! Ovqat yeyishga kuchim yetib turibdi...
— Salom o‘rtoq! Ko‘rinmaysan. Qayerda ishlayapsan?
— Hech qayerda...
— Unda nima ish qilyapsan?
— Bekorchilik.
— Zo‘r ish-ku!
— Ha! Raqobatni aytmaysanmi!?
Ko‘p qavatli uyda yashovchi yoshgina yigit nog‘ora sotib olibdi. Erta-yu, kech taqir-tuqur, taqir-tuqur hammaning joniga tegib ketibdi. Qo‘shnilar chiqib shikoyat qilishibdi. Foydasi bo‘lmabdi. Lekin yonginasida yashovchi qari qo‘shnisi indamasmish.
Bir kuni u ko‘chada nog‘orasini ko‘tarib uyiga kirib ketayotgan yigitni uchratib qolib unga shunday debdi:
— Sen o‘zi bilasanmi nog‘oraning ichida nimalar borligini???
Shu kundan boshlab nog‘oraning tovushi umuman eshitilmay qolgan ekan.
Bir kishi uyida uxlab yotsa, hadeb qulog‘iga “Ayfon, ayfon” degan tovush kelaveribdi. O‘rnidan turib, derazadan pastga qarasa, yosh bolalar o‘ynab yurganmish.
— Hoy tirranchalar, namuncha “Ayfon” deb baqirasanlar!? Uyquni-yam beliga tepdilaring! – desa, bolalar:
— Amaki, biz Ayubxon o‘rtog‘imizni chaqiryapmiz, - deyishgan ekan.