Xo‘ja Nasriddin bo‘yoqchi edi. Bir mahmadona gazlama ko‘tarib kelib:
— Mana shu matoni dunyoda yo‘q rangga bo‘yab bering, - debdi.
Xo‘ja Nasriddin hayron bo‘lib:
— Qaysi rangga? – deb so‘rabdi.
— Qizil, qora, yashil, ko‘k, sariq ranglardan boshqasiga, xullas dunyoda yo‘q rangga bo‘yab bering. Xo‘ja Nasriddin gap nimadaligini darrov tushunib:
— Mayli, bajaramiz, - dedi.
Yigit:
— Qachon kelay? – deb so‘radi.
— Dunyoda yo‘q kuni keling: dushanba, seshanba, chorshanba, payshanba, juma, shanba, yakshanbadan boshqa – haftshanba kuni kelavering, - deb javob qildi.