Ayollar haqida latifalar

Bir qiz internetda o‘tirgan ekan, qo‘shni xola kirib:
— Qachon qarasam shu kompyutering oldida o‘tirasan. Nima qiziq narsalar bor bu yerda?, - deb so‘rab qolibdi.
Qiz esa:
— Internetdagi "Google" ni sizga tushuntiraman. Mana qarang, nimani xohlasangiz topib beradi, - debdi.
Qo‘shni ayol ham qiziqib:
— Nima so‘rasam hamma-hammasini topib beradimi?
— Ha, xamma narsani topadi. Xohlasangiz mana yozib, izlab ko‘ring.
Qiz klaviaturani qo‘shni xolaga berib, o‘zi choy damlab kelib qarasa, ekranda shunday yozuvlar turgan ekan:
"Assalomu alaykum hurmatli Gugl aka! Iltimos, menga erimning jazmani qayerda yashashini topib bersangiz!"
Er bilan xotin kechasi uxlab yotishsa eshik taqillab qolibdi.
Xotin:
— Voy sho‘rim erim keldi, - desa.
Eri:
— Qani, qani - deb derazadan qochib ketganmish.
Afandi betob bo‘lib yotsa, xotini tepasida yig‘lab o‘tirgan ekan. Afandi unga termulib:
— Bor, chiroyli kiyimlaringni kiyib, o‘zingga qarab chiq! – debdi.
Xotini:
— Qo‘ying-e, hozir ko‘nglimga pardoz-andoz sig‘armidi?! – desa, afandi uni koyib:
— Ahmoq xotin! Hozir Azroil kelib qoladi. Seni ko‘rib, meni unutib qo‘yarmikin deyman-da, - debdi.
— Qizim, senga juda ko‘p joydan sovchilar kelishdi. Endi turmushga chiqmasang bo‘lmaydi, - debdi otasi.
Qizi adasiga:
— Turmushga chiqgim kelmaydi. Chunki onamni sog‘inaman, - desa
— Onangni ham o‘zing bilan olib ketishing mumkin, - degan ekan otasi.
Bir erkak mashinasini hadeb artib, quchoqlab, ma’yus holda mashinani silab qo‘yarmush
Buni qo‘shnisi ko‘rib:
— Ha qo‘shni, mashinani sotimoqchimisiz deyman?! - desa, hali erkak:
— Yo‘g‘-ye, xotinim haydovchilik guvohnomasi oldi, - dermish.
O‘g‘il:
— Dada, onaning ko‘z-yoshi bilan, xotinning ko‘z-yoshi o‘rtasida qanday farq bor?
— O‘g‘lim, juda katta farq bor! Onaning ko‘z-yoshi yurakka ta’sir qiladi, xotinning ko‘z-yoshi cho‘ntakka!
Qizaloq buvisiga:
— Keling maktab-maktab o‘ynaymiz, - debdi.
Buvisi rozi bo‘libdi.
Keyin o‘ylab qarasa, bir yildan beri nabirasini uy vazifalarini bajarib berar ekan.
— Ha, Eshmat globus ko‘tarib olibsan?
— Bayramga xotinimga sovg‘a qilmoqchiman.
— Xotining o‘qituvchi emasdiku.
— O‘qituvchi bo‘lmasa ham mening davrimda bir dunyoni ko‘rsin.
— Allo, adasi, qayerdasiz?
— Bekatda, avtobus kutyapman...
— Tezroq keling!
— Xo‘p, sal tezrok kutaman!
— Azizam, men olamdan o‘tsam, yig‘lab o‘tirmagin. Turmushga chiqgin...
— Bas qiling! Ovqat yoqmagan bo‘lsa yemay qo‘yaqoling.