Ayollar haqida latifalar

Do‘konga kirgan mijoz sotuvchiga debdi:
— Kecha sizlardan ayollar paltosini sotib olgan edim. Xotinimga yoqmadi. Almashtirib bersangiz...
Sotuvchi hayron qolib:
— Bo‘lishi mumkin emas! Axir bu ajoyib palto-ku! Balki paltoni emas, xotinni almashtirarsiz?!
Xotin eriga dedi:
— Azizim, sizni telefoningizdan dugonamga qo‘ng‘iroq qilib olsam maylimi? O‘zimnikida pul qolmabdi.
Eri:
— Mayli, qilaver!
Xotini dugonasini raqamini tersa, go‘shakni u tomonidan javob kelibdi:
— Allo, bormisiz jonim...
Ikkita yoshi katta chol-kampirlar bir-birinikiga mehmonga borishibdi.
Kampirlar oshxonada pishir-kuydir qilguncha, ikkala qariya gap boshlashibdi:
— O‘tgan kuni kampirimni restoranga olib borgandim. Unga yoqmadi.
— Qaysi restoran ekan u?
— Esim qursin! Hozir yodimdan chiqdi... Ayollarga bahorda sovg‘a qiladigan gul nomi nima edi?
— Nastarinmi?
— Yo‘q!
— Lolami?
— Yo‘q!
— Atir gulmi?
— Yo‘q!
— Nargis gulmi?
— Ha!
Chol oshxona tarafga o‘girilib:
— Nargizaxon, o‘tgan kuni biz borgan restoranni nomi nima edi?
— Yaxshi qiz, siz raqs tushayapsizmi!?
— Ha-a-a!
— Xudoga shukur-yey. Men tok urayapti-mi, deb o‘ylapman.
Yigit qiz bilan tanishmoqchi:
— Yaxshi qiz, yoshingiz nechida?
— Qiz bolani yoshini so‘rash odobsizlik...
— Unaqada, tug‘ilgan kuningiz qachon?
— 22 dekabrda.
— Qaysi yili?
— Ishonasizmi, har yili!
— Oyi, menga kimni miyasi qo‘yilgan?
— Adangni miyasi, bolam!
— Nega sizniki emas?
— Menda miya bo‘lganida, adangga turmushga chiqarmidim?!
Qiz onasiga telefon qilib:
— Oyijon, meni o‘g‘irlab ketishvatti! - desa, onasi:
— Voy qizim, qanaqa mashinada? - so‘rabdi.
— Malibu, - desa:
— Baxtli bo‘l qizim! - dermish onasi.
Xotin huddi DAN xodimiga o‘xshaydi. Bosh og‘ritib gapiradi, pulingni oladi, kayfiyatingni buzadi... Eng yomoni — baribir ayb topadi!
Ona:
— Bizning davrimizda qizlar tuzukroq er chiqganda erga tegishardi.
Qiz:
— Bizda qizlar tuzukroq er chiqguncha erga tegaverishadi...