Ayollar haqida latifalar

— Hozirgi kunda jurnallar yarim yalong‘och ayollar rasmiga to‘lib ketdi. Bizni davrimizda bunaqa emas edi! – debdi keksa jurnalist.
— Sizni paytingizda kiyim-kechaklar arzon edi-da! – debdi unga muharrirlardan biri.
Bir kuni Xo‘ja Nasriddinga deyishibdi:
— Nasriddin, sizni xotiningiz aqldan ozibdi!
Xo‘ja Nasriddin chuqur o‘yga botibdi.
Undan so‘rashibdi:
— Nimani bunchalik o‘ylab qoldingiz?
Nasriddin:
— Xotinim o‘zi tug‘ilganida aqlsiz edi. Qanday qilib aqldan ozishi mumkin deb o‘ylab qoldim, - degan ekan.
Mahalla raisi hammani yig‘ib majlis o‘tkaza turib debdi:
— Ayol erkaksiz yashay olmaydi, erkak ayolsiz! Ikkalasi go‘yoki suv bilan baliqqa o‘xshaydi. Suv bo‘lmasa baliq o‘lib qoladi, baliq bo‘lmasa, suvga o‘rdak qo‘nmaydi...
Raisni gapini bir qari onaxon bo‘lib:
— Bekor gap! Meni cholim o‘lganiga 30 yildan oshdi. Yashayapman-ku, o‘lganim yo‘q, - desa Mahalla raisi:
— Onaxon, men baliq haqida gapirayapman, kapchyonnыy haqida emas, - dermish.
Qabristondan qaytayotgan ikki kampir suhbatlashyapti:
— Yoshingiz nechada?
— Sakson yettida.
— Shu yoshingizda pardoz qilib yurganingizga o‘laymi?!
— Ha, endi... O‘zingiz necha yoshdasiz?
— To‘qson uchda, aylanay.
— Uyga qaytib ovora bo‘lib yurganingizga o‘laymi?
Er xotiniga:
— Kostyumimni tozaladingmi?
Xotin:
— Ha, tozaladim.
Er:
— Shimimni tozaladingmi?
Xotin:
— Ha, tozaladim.
Er:
— Oyoq kiyimimni-chi?
Xotin:
— Axir uni cho‘ntagi yo‘q-ku?!
Bir ayol qo‘shnisiga dardini ayta boshlabdi:
— Bir haftadan beri erimdan hojatxonani ta’mirlab berishini so‘rayman.
— Xo‘sh, nima bo‘ldi?
— Yakshanba kuni hojatxona eshigiga "Kirish man etiladi. Ta’mirlanmoqda" degan yozuvni ilib, o‘zi choyxonaga ketib qolibdi.
— Qizingizga bunday yomon so‘zlarni, qarg‘ashlarni kim o‘rgatyapti???
— Turqi qursin, juvarnamak, ... qayoqdan bilay...!
Xotinining "Bo‘ldi, men uydan ketaman" degan gapiga hamma erkaklar har-xil javob qaytarisharkan.
Yangi uylanganlar: "Yo‘q, unday qilma! Kechir..." deyishadi.
Tajribalilar: Xotirjam turib, xotinining barcha gaplarini eshitadi.
O‘ta tajribalilar: Xafa, tushkun holatda: "Sen faqat va’da berishni bilasan...!" deyishadi.
Xotin eriga dedi:
— Adasi, men qo‘shninikiga chiqib ketyapman. 5 minutda qaytaman. Har yarim soatda qozonni kavlab turing, tagiga olib ketmasin...!
Avtobusda ketayotgan yosh yigitcha o‘rindiqda bo‘yniga tilladan yasalgan samolyot zanjirini ilib olgan ayolga termulib ketayotsa, ayol unga qarab:
— Ha, yigitcha, samolyot yoqib qoldimi? - desa,
Yigit:
— Yo‘q, aeroport yoqdi, - deb javob beribdi.