Ayollar haqida latifalar

Suvlar soyga oqarkan. Qizlar boyga boqarkan. Puling milliondan oshsa, kampir ham qosh qoqarkan..
Er-xotin televizor ko‘rib o‘tirib, xotiniga eri:
— Leopard rosa tez yuguradi-de, xozir kiyikni yeb qo‘yadi debdi
Shunda xotin eriga qarab:
— Agar kiyik tirik qolsa, ikkinchi xotin olishizga ruxsat beraman, debdi.
Bir ayol farzand tug‘ishda chaqaloqni yuqori tezlikda tug‘armush! Doktorlar bolani ushlab qololmay bola mayib bo‘lib qolarkan. Shunda chora topilibti. Futbol darbozabonini olib kelishibdi. Bola "PAQ" etib uchib chiqibdi. Chaqaloqni ushlab qolgan darvozabonni doktorlar olqishlashdi. Darvozabon kasbiga sodiq qolib "ochilila" deb bolani maydonga tepib yuboribdi.
Mutaxasisilarning fikricha hozirgi zamonda ayollarga emas, erkaklarga haykal qo‘yish kerak.
Chunki ayollarning haykali har bitta dorixonaning tepasida bor!
Bir kuni afandining xotini chuchvara tugib o‘tirsa, yoniga mushugi kelib suykalibdi. Xotini uni bir tepib, haydabdi. Mushuk qasd olmoqchi bo‘libdi.
Chuchvara pishgach, afandi endi yemoqchi bo‘lib turgan ekan, mushugi unga ham suykala boshlabdi. Afandi birinchi chuchvarani mushukka bersa, mushuk chuchvarani yeb, o‘zini o‘lganga solib yerga yotib olibdi.
Afandi xotiniga:
— Meni o‘ldirmoqchi bo‘ldingmi?, - deb baqira ketibdi.
Mushuk esa bitta ko‘zini ochib:
— Ajab bo‘pti, - dermish.
— Nega xotiningga yangi ko‘ylak sotib olmoqchisan? Baribir u bilan ajrashmoqchisan-ku?
— Xotinim eski ko‘ylakda sudga bormayman deyapti.
Bir qiz folbin oldiga kelib:
— Xola, meni 2ta yigit sevadi, qaysi birini omadi chopadi, - desa
Folbin:
— Azizning omadi chopadi, Ahmad esa uylanadi, - dermish
Qizni uyiga sovchilar kelib, yigitni maqtay boshlashibdi:
— O‘g‘limiz ichmaydi, chekmaydi, qizlar bilan-ku umuman gaplashmaydi...
Qizning onasi:
— Sog‘lig‘i joyidami ishqilib???
— Siz judayam jozibalisiz.
— Afsus, siz haqingizda bunday deya olmayman.
— Unda menga o‘xshab aldang.