Ayollar haqida latifalar
Birinchi kampir:
— Yoshim 60 ga chiqdi, bittayam tishim tushmagan, tuf-tuf ko‘z tegmasin, - debdi.
Ikkinchi kampir:
— Yoshim 65 ga chiqdi. Sochlarim huddi yoshligimdagiday qalin, qora. Tuf-tuf ko‘z tegmasin, - debdi.
Uchinchi kampir:
— Maqtanishga boshqa narsa topolmadilarmi? To‘g‘ri yoshim silarnikidan ancha katta. 70 daman, tishlarim allaqachon to‘kilib, sochlarim ham oqarib yotibdi. Lekin haliyam man qiz bolaman. Tuf-tuf ko‘z tegmasin, - dermish.
— Doktor, shunaqangi qo‘rqyapman-ki, hatto bilmayapman, tish oldirish qo‘rqinchlikmi yoki bola tug‘ish!!!???
— Go‘zal qiz tezroq hal eting, kresloni shunga qarab joylashtiraman!
— Rosa xotinboz ekansiz-da!
— Yo‘g‘-e, men tish doktoriman.
— Keling xola, deb kutib olib, yaxshi boring singlim, deb kuzatib yuborishayotgan ekan...
Nihoyat xotinini sabri tugab eriga debdi:
— Dadasi, agar ertaga ichishni tashlasangiz, boqib turgan qo‘chqorimizni oyog‘ingiz ostiga so‘yaman, - debdi.
Ertasi kuni eri har kungidan battar ichib, mast bo‘lib kelibdi va to‘g‘ri qo‘yxonaga borib, qo‘chkorga qarab debdi:
— Qo‘rqma! Sen so‘yilmaydigan bo‘lding! Toki men tirik ekanman, hali ko‘p yashaysan!
— Nega bir o‘zingiz yuribsiz? Xo‘jayin qani? – so‘rabdi xotin qo‘shni ayoldan.
— Erim to‘rt oyoqli do‘sti bilan birga... – debdi ayol.
— Ha, it bilan aylanib yuribdimi? – desa, qo‘shni:
— Yo‘q, yangi divan sotib olgan edik, - dermish.
— Oppoq bolam uxla, shirin bolam uxla, - desa, bolasi:
— Oyi, unaqa desangiz uxlamayman. Ko‘zlaringni yum, yashamagur! deb meni ursangiz uxlayman, - debdi.
Ikkalasidan bittasi hali yangi ekani aniq!
— Idorangizga ishga kirmoqchi edim...
— Yaxshi. Faqat talablarimiz bor. Masalan, 90x60x90, ...
— 486 ming!
— Hali oxirigacha aytib ulgurmadim-ku... Mayli bizga hisobchi ham kerak edi, olamiz!