Bolalar haqida latifalar

Bir boy keksayib qolganiga qaramay, Afandining qiziga ishqiboz bo‘lib qoldi:
— Jonginam, sizni sevib qoldim, suvga desangiz — suvga, o‘tga desangiz — o‘tga siz uchun kirishga tayyorman,— dedi u.
— Yerga kiring, desam-chi? — dedi qiz.
Ayoli eriga qarab:
— Shu suratdagi bolakayni ko‘ryapsizmi?
— Ha, nima edi?
— Kechqurun shu bolani bog‘chadan olib kelasiz...
— Kecha qizalog‘im bilan mushukchani rasmini chizgandik, bugun hovlimizga qayerdandir mushuk bolasi kirib olibdi.
Bugun o‘tirib, Malibu avtomobili, ikki qavatli dalahovli va tilla bilakuzuklarni rasmini chizmoqchimiz...
O‘g‘li otasini ko‘kargan ko‘ziga qarab:
— Ada, ko‘zingizga nima bo‘ldi? - desa, otasi g‘azablanib:
— Agar meni mashinamda dugonalaringni lab bo‘yog‘i yana tushib qolgudek bo‘lsa, ikkinchi ko‘zim ham shu ahvolga tushadi!
Afandidan o‘qituvchisi so‘rabdi:
— "O‘g‘irladi" so‘zi o‘tgan zamonda qanday bo‘ladi?
— "O‘g‘irlagan edi" bo‘ladi.
— Kelasi zamonda-chi, qanday bo‘ladi?
— "Qamoqda" bo‘ladi, ustoz!
Xotin eriga:
— Hoy dadasi, o‘g‘lingizga ayting, internetni yig‘ishtirsin! Darsini qilsin!
— Onasi, o‘zing ayt! O‘g‘ling meni "chyornыy"ga kiritib qo‘ygan.
2060-yilda shogird ustozidan so‘radi:
— Ustoz 50yil oldin qizlar nima kiyishgan?
Ustoz javob qildi:
— 50yil oldin qizlar kalta bo‘lsa ham yubka kiyishgan.
— Oyi, ko‘chaga chiqib o‘ynasam, maylimi?
— Shu kir quloqlaring bilanmi?
— Yo‘q, o‘rtoqlarim bilan.
— Dada, nimaga oyimga uylangansiz?
Dadasi oyisi tomon o‘girilib:
— Ko‘rdingmi? Bolayam hayron..
O‘qituvchi o‘quvchidan so‘radi:
— Suvda yashaydigan 5 ta jonzot nomini ayt!
O‘quvchi:
— Qurbaqa.
O‘qituvchi:
— Juda yaxshi, yana 4 ta?
O‘quvchi:
— Uning otasi, onasi, akasi va singlisi.